Mavzu: Suv – hayot manbai
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, to’g’ri bo’g’in ko’chirishni o’rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Suvni isrof qilmaslikka o’rgatish.
Darsning turi: Noan’anaviy
Darsning jihozlanishi: O’zbekiston Respublikasi xaritasi. Tarqatma materiallar.
Dars rejasi
Dars bosqichlari:
Tashkiliy qism.
O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.
Yangi mavzu: “Suv – hayot manbai” matni ustida ishlash.
Mustahkamlash: Mashq va topshiriqlar
O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Darsni tashkil qilish.
O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.
O’quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.
Yangi mavzuni boshlashdan avval savol-javob asosida suhbat o’tkaziladi.
Suv hayotimizda qanday ahamiyatga ega?
Suv havzalari nima?
O’zbekistonning yirik daryolari qaysilar?
Daryo suvlari nima maqsadda ishlatiladi?
Suvdan qanday foydalanish kerak?
Yangi mavzuni o’rganish.
Yangi mavzu:
Matnni o’qing, berilgan topshiriqlarni bajaring.
Suv – hayot manbai
Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai hisoblanadi. Qadimda dunyo faylasuflari fikricha hayot uchun zarur bo’lgan to’rt unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori).
Suvsiz hayot bo’lmaydi. Har qanday tirik mavjudotda suv bor. Kishi suvsizlikdan ko’ra ochlikka uzoqroq chidashi mumkin. Odam va ko’p hayvonlar tanasining 2/3 qismi suvdan iborat. Ba’zi o’simliklarning deyarli 4/5 qismi suvdan tashkil topgan.
Yer yuzining 2/3 qismini suv, faqatgina 1/3 qismini quruqlik egallagan. Suv okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llarda, yer ostida va tuproqda bo’ladi. Muzlik va aysberglar ham suvdan iborat, faqat ular muzlagan holdagi suvdir. Atmosferada ham suv ko’p, ular bulut, tuman, bug’, yomg’ir va qor holida.
Siz qattiq muz ham, gazdek yengil bug’ ham suvmi deb, ajablanishingiz mumkin. Ha, suv. U suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo’ladi.
Tabiatda sof suv bo’lmaydi. Sof suvni faqatgina labaratoriyalarda olish mimkin. Bunday suv bemaza bo’ladi. Uning tarkibida tirik organizmlar uchun zarur bo’lgan tuzlar bo’lmaydi. Dengiz suvida esa keragidan ortiq turli xil erigan tuzlar bor. Shuning uchun u ham ichishga yaramaydi.
Yer yuzida aholi iste’mol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib bormoqda. Odamlar sanoat extiyojlari uchun mo’ljallangan suvdan ko’proq foydalanmoqdalar. Suv korxonalar chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Muhandislar suvni tozalashning turli usullarini topmoqdalar. Mamlakatimizda sanoat chiqindilari va oqova suvlarni suv havzalariga oqizish taqiqlangan. Har doim esingizda bo’lsin: suvni asrang, uni isrof qilmang.
Suv uchun kurash hayot uchun kurashdir.
Berilgan matnni “Har kim har kimga o’rgatadi” usulida o’rganish tavsiya etiladi. Sinf o’quvchilarini (12 yoki 16 kishi bo’lishi mumkin) kichik guruhlarga bo’lib, guruh a’zolari tomonidan belgilangan o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarishiga erishish lozim. Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi. Guruhlarda 4 yoki 5 kishi bo’lsa, matn ham 4 yoki 5 qismga bo’linadi. Har bir guruhdagi o’quvchilar raqamlanadi. Guruhdagi 1-raqamli o’quvchilar I guruhga, 2-raqamli o’quvchilar II guruhga, 3-raqamli o’quvchilar III guruhga, 4-raqamli o’quvchilar IV guruhga bo’linadilar. Matndan har bir guruhga o’z qismlari ajratib, topshiriq beriladi. 10 daqiqa ichida berilgan topshiriqlar asosida matn ustida ishlanadi. O’quvchilar dastlabki holatga o’z guruhlariga qaytib, bajargan vazifalarini qolgan guruh a’zolariga so’zlab beradilar. Matn haqida tushunchaga ega bo’lganlaridan so’ng har bir guruhga vazifa beriladi.
1-guruh o’quvchilari matnni o’z so’zlari bilan gapirib beradilar.
2-guruh matnni tarjima qilib, so’zlab beradilar.
3-guruh a’zolari yangi so’zlar ishtirokida 10 ta gap tuzadilar.
Bilasizmi ? Suv havzasi – yer yuzining tabiiy yoki sun’iy pastqam yoki chuqur joylarida tabiiy yoki sun’iy ravishda suv to’planishidan hosil bo’ladigan, yo bo’lmasa, suv yo’lini to’sib va to’g’on qurib hosil qilinadigan sekin oqar yoki oqmas suv manbai. Suv havzalari doimiy yoki mavsumiy turlarga bo’linadi. Doimiy suv havzalariga okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, tabiiy suv omborlari, jilg’alar, ariqlar kiradi. Mavsumiylari esa sun’iy suv omborlari, kanallar, hovuzlardan iborat. O’zbekiston hududidagi Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq daryolari tabiiy, Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Andijon suv ombori va boshqalar sun’iy suv havzalari hisoblanadi.
Yangi mavzu bo’yicha mustahkamlash: mashq va topshiriqlar bajarish.
Mashq. Berilgan gaplarni o’qing, ko’chirib yozing, har bir gap qarshisiga quyidagi shartli belgilarni qo’ying. Shartli belgilar: v – “bilaman”, + – “endi bildim”, ? – “tushunmadim”
Daryolar tog’lardan boshlanib, tekislikka chiqgach, suvi kamayib qoladi. 2. Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. 3. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryolar tog’lardan boshlanganligi uchun sersuvdir. 4. Orol maydonining kattaligi jihatidan Kaspiy dengiz-ko’lidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. 5. Chirchiq daryosida Chorvoq, Sirdaryoda – Farhod, Qoradaryoda – Andijon GESlari qurilgan.
Topshiriq: Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadi, so’ng har bir guruhga vazifa beramiz. (5 daqiqa)
Birinchi guruh: daryo nomlarini;
Ikkinchi guruh: suv omborlari nomlarini;
Uchinchi guruh: GES nomlarini bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilgan holda flipchatga yozadilar. Vazifa bajarilgandan so’ng har bir guruhning flipchati doskaga osiladi. O’qituvchi yordamida xatosi tekshiriladi.
O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.
Uyga vazifa: “Uyda suvdan foydalanish qoidalari” mavzusida kichik hikoya yozish.