Jahonning eng sara 555 badiiy asarlari (V.I.Novodvorskaya ro‘yxati)
“Argumentы i faktы” gazetasining 2014 yilgi sonida Alina Garbuznyak rossiyalik siyosiy, huquqshunos, mustaqil jurnalist, bir qancha kitoblar muallifi Valeriya Novodvorskaya (1951-2014) va u tuzgan ro‘yxat haqida quyidagilarni so‘zlab, ketidan 555 banddan iborat ro‘yxatni keltiradi.
* * *
O‘n bir sahifaga jo bo‘lgan bu ro‘yxat, uch yil burun Valeriya Ilinichna bilan qisqagina tanishganimdan keyin qo‘limga tekkan edi. V.Novodvorskaya kim bilan bo‘lmasin, ayniqsa, o‘zidan ancha yosh odamlar bilan tanishganida birinchi bo‘lib, o‘ziga yoqqan badiiy asarlar haqida gap ochardi. Bu asarlar uning insoniy xislatlarini, o‘ziga yozilajak uzundan-uzoq biografiya va o‘zi yozgan maqolalaridan ko‘ra ko‘proq aks ettirib turardi, nazarimda.
U bilan birinchi marta uchrashganimda nima sababdan shu ro‘yxat haqida gap ochilganini eslolmayman, lekin unga qiziqish bildirib, yanagi uchrashuvimizga olib kelishini iltimos qildim. U ismimni eslab qoldimi, yo‘qmi, bilmayman, lekin va’dasini unutmadi. Bir hafta o‘tib, jadval ko‘rinishida mashinkalangan, ba’zi joylariga qo‘l bilan yozilgan ro‘yxatdan nusxa ko‘chirtirib, asliyatni Valeriya Ilinichnaga qaytarar ekanman, u : “O‘zini o‘qimishli, deb hisoblagan har bir odam o‘qib chiqishi lozim bo‘lgan asarlar. Bu – eng kami! Hammaga tavsiya etaman”, — dedi.
Valeriya Ilinichna bilan “The New Times” jurnali muharririyatida tanishganman. Universitetni bitirgach, shu yerga kelib ishga joylashish niyatim bor edi. V.Novodvorskaya bu jurnalning doimiy mualliflaridan biri bo‘lib, o‘ziga tegishli sahifasi ham bor ekan. Bu yerga haftasiga bir yo ikki marta kelardi. Ishga kelgandek emas, o‘z uyidek ham emas, aniqrog‘i, mehmondek kelardi. Har gal yosh xodimlarga manzur bo‘ladigan bir nimalar ko‘tarib kelardi. Jurnalda ko‘pdan beri ishlaydiganlar aytishicha, qo‘li bo‘sh kelmas ekan.
Jurnal xodimlari ham V.Novodvorskayani mehmon sifatida kutib olishardi. U kelgan paytda ovozlarini balandlatmay gaplashishar, janjallashmaslikka harakat qilishar, hatto kamroq chekishardi. Men bu yerda bor-yo‘g‘i ikki hafta bo‘ldim. Valeriya Ilinichna bilan bo‘lgan qisqa uchrashuvlarim menda yaxshi taassurotlar qoldirdi. U hech qachon siyosatdan gap ochmasdi, yosh jurnalistlarga aql o‘rgatib, o‘ziga ergashtirish haqida ham o‘ylamasdi. Mabodo, shunday niyati bo‘lsa, sara asarlar ro‘yxatini tavsiya etishdan nari o‘tmasdi.
Ro‘yxatga kiritilgan kitoblar “muhim” va “muhimroq” degan turlarga ajratilmagan, shuning uchun alifbo tartibida yozib chiqilgan. V.Novodvorskaya uchun hamma kitoblar birdek muhim. Masalan, yaponiyalik yozuvchi Akutagava Ryunoskeni bilish Anton Chexovni bilishga qaraganda “kamroq muhim” emas. Shekspirning hamma asarini o‘qib tushirgan odam Stiven Kingning asarlariga qo‘l urmagan bo‘lsa, o‘zini o‘qimishli, deb hisoblashi mumkin emas.
Ro‘yxat 555 banddan iborat, lekin bu, shuncha muallif, degani emas. Ba’zi yozuvchilar ro‘yxatda bir bandga sig‘dirilgan va “vse” (ya’ni, hamma asari) deb bitilgan. Ko‘p hollarda muallifning har bir asarini, erinmasdan, alohida band bilan ko‘rsatgan. Masalan, Kuprin asarlari 58 bandni, Mopassan – 19 bandni, A.N.Tolstoy – 15 bandni egallaydi.
V.Novodvorskayaga ma’qul kelmagan kitoblarni “hammasi, …dan tashqari” degan so‘zlardan bilsa bo‘ladi. Dostoyevskiyga tegishli bandda shunday so‘zlar bor. Unda muallifning hatlari, kundaliklari va “Fuqaro” degan asari aytilgan. Ekzyuperidan esa, “Qo‘rg‘on” romanidan boshqa hamma asari tavsiya etilgan. A.N.Ostrovskiydan tavsiya etilgan asarlar ichida maktab o‘quvchilariga yaxshi tanish bo‘lgan “Momaqaldiroq” yo‘q, N.V.Gogoldan esa, anchagina tanish qissalar, jumladan, “Burun”, “Dikanka xutori oqshomlari” tilga olinmagan. Turgenevdan “Otalar va bolalar”, Lermontovdan “Zamonamiz qahramoni” yo‘q. Dantedan “Ilohiy komediya”ning “Do‘zax”qismi tavsiya etilgan. Mayakovskiyning bor-yo‘g‘i uchta poemasi: “Vladimir Mayakovskiy”, “Umurtqa-fleyta” va “Odam” e’tiborga tushgan.
Hamma asarlarini o‘qish tavsiya etilgan mualliflar: Hans Xristian Andersen, Akutagava Ryunoske, Sharl Bodler, Brodskiy, Bulgakov, Lyampo Xyubert, Mandelshtam, antik davr dramaturglari – Sofokl, Tit Liviy, Plutarx, Esxil.
Rossiyalik zamonaviy yozuvchilardan ro‘yxatga kiritilganlari nisbatan oz: Makanin, Sorokin, Edvard Radzinskiy.
Ro‘yxatda “hammasi, ayniqsa…” deyilgan asarlar ham bor. Shunday toifaga Bulgakovning “Mash’um tuxumlar”, “It yuragi” asarlari, Dm. Balashovning “Buyuk stol”, “Hokimiyatning og‘ir yuki” asarlari, Axmatovaning “Rekviyem”i sazovor bo‘lgan.
O‘zini kitobsevar, deb hisoblagan har bir kishi ro‘yxatdagi hamma asarlarni o‘qib chiqishi kerak, deb aytolmayman, lekin har bir asarning ichiga shunday kirib borishi kerakki, keyin Valeriya Ilinichnaga o‘xshab: “Bu muallifning hamma asari ajoyib” yoki “Falon asaridan boshqalarini o‘qishni tavsiya etaman” kabi so‘zlarni ayta olsin…
V. Novodvorskaya tuzgan asarlar ro‘yxati
1. “Tristan va Izolda haqida roman”.
2. Abbat Prevo. Manon Lesko.
3. Averchenko A. Hamma asari.
4. Avtorxanov. Stalin o‘limining jumbog‘i.
5. Avtorxanov. Partokratiyaning asosi.
6. Avtorxanov. Hokimiyat texnologiyasi.
7. Agata Kristi. 10-12ta roman, asliyatda.
8. Adamovich Ales. Blokada kitobi.
9. Adamovich Ales. So‘nggi pastoral.
10. Adamovich Ales. Men alangali qishloqdanman.
11. Azimov Ayzek. Mangulikning tugashi.
12. Aksenov Vasiliy. Kuyish.
13. Aksenov Vasiliy. Qrim oroli.
14. Akutagava Ryunoske. Hamma asari. —
15. Aldan-Semenov. Qoyadagi barelef.
16. Aleksin Anatoliy. Hamma asari.
17. Alfred de Vini. Sen Mar.
18. Andersen Hans Xristian. Hamma asari.
19. Anderson Pol. Hamma asari.
20. Andreev Leonid. Hamma hikoyasi va 5-6ta pesasi.
21. Antonov. Vaska.
22. Antonov. Jarlar.
23. Anuy J. Antigona.
24. Anuy J. To‘rg‘ay.
25. Anuy J. Surgun qilingan.
26. Anuy J. Medeya.
27. Anuy J. Yuksiz sayohatchi.
28. Anuy J. Romeo va Janetta.
29. Anuy J. Tomas Beket.
30. Anuy J. Sanlisda kechki ovqat.
31. Anuy J. Evridika.
32. Aristotel. Afinacha siyosat.
33. Axmatova Anna. Hamma she’rlari, ayniqsa, “Rekviyem”.
34. Babel A. Qizil armiya.
35. Babel A. Odessa hikoyalari.
36. Bayron.”Marino Falero” va “Foskarilik ikkovlon”.
37. Balashov Dm. Hamma asari, ayniqsa, “Buyuk stol”, “Hokimiyatning og‘ir yuki”.
38. Robin Gud haqida balladalar.
39. Balzak. Ishratboz xotinlarning dovrug‘i va qashshoqligi.