Matematikadan qiziqarli o‘yinlar

“Xo‘p” o‘yini


Matematika faniga oid juda ko‘p o‘yinlar mavjud. Ulardan biri “Xo‘p” o‘yinidir. Bu o‘yin quyidagicha o‘ynaladi:


Bu o‘yinda ikki o‘yinchidan tortib, istalgancha o‘yinchi ishtirok etishi mumkin. O‘yinni boshqaruvchi qatnashchilarga shartni tushuntiradi. Bunda 1 dan boshlab natural sonlarni sanash lozim. Har 3 ga karrali son kelganda, bu sonni aytmay “Xo‘p” deyish kerak. Agar qatnashchi 3 ga karrali sonni aytib qo‘ysa yoki to‘xtab qolsa, u yutqazadi va o‘yinni tark etadi. Qolgan o‘yinchilar o‘yinni yana kelgan sondan boshlab davom ettiradi. O‘yin bitta qatnashchi qolguncha davom etadi va u g‘olib sanaladi.


Masalan:


1,2,xo‘p,4,5, xo‘p,7,8, xo‘p,10,11, xo‘p,13,14, xo‘p,16, …


2. “Matematik atamalar” o‘yini


Bu o‘yinda ham bir necha kishi ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilar bir qator bo‘lib turishadi va navbat bilan har bir qatnashchi matematika faniga oid atamalarni aytishadi. Bunda bir qatnashchi aytgan atamani boshqa qatnashchi aytib qo‘ysa, u o‘yinni tark etadi. Agar qatnashchi atama bilmay 5 soniya to‘xtab qolsa ham u o‘yinni tark etadi. O‘yin bitta g‘olib qolguncha davom etadi.


Masalan:


Son, kesma, natural son, modul, uzunlik, qo‘shish, ayirish, bo‘lish, ko‘paytirish, parabola, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, to‘rtburchak, …