Go’ro’g’li dostoni haqida insho

Go’ro’g’li oddiy rejali insho

Reja:

1. Dostonning qisqacha tavsifi

2. Go’ro’g’li dostoni boshqa elatlar hayotidagi o’rni

3. Dostonning o’zbek xalqi hayotidagi o’rni


1. Go’ro’g’lining tug’ilishidagi g’ayritabiiylik, uning ilk bola-ligi, o’spirinlik davridagi «noodatiy» qiliqlari ana shu o’ziga xosliklar bilan izohlanadi. Ilk asotir va afsonalarning ta’siri, qadimgi tasavvur va e’tiqodlarning ba’zan yorqin, ba’zan xira qoldiqlari tasvirlari zaminidagi ma’nolarni tushunish qi-yinroq tuyulishi mumkin. Dostonda ko’plab badiiy timsollar yaratilgan. Xalq boshliqlari, oddiy fuqarolar, ko’plab yigitlar, qiz va ayollarning takrorlanmas siymolari zo’r badiiyat bilan ko’rsatib berilgan. Doston voqealari Zargar yurtining podshosi Shohdorxonning Yovmit yurtiga bosqinchilik urushi qilishi bilan rivoj-lanib boradi. Bu yerda ikki davlat podsholarining, ya’ni Go’ro’g’lining bobosi Odilxon podsho bilan Shohdorxonning o’ziga xos bo’lgan xislatlari yoritiladi. Odilxon podshoning insoniy fazilatlariga qarama-qarshi o’laroq, Shohdorxonning nuqsonlari ko’zga tashlanadi. Shohdorxonning maslahatga quloq solmay, o’ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko’ra bilmasligi ko’plab insonlarning bevaqt o’limiga, taqdirlarining o’zgarib ketishiga sabab bo’ladi. Chunki mana shu urush tufayli Go’ro’g’lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol ham bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetadi. Dostonda qahramonning tug’ilishi va yoshligidanoq ba-hodirlik kuchini namoyish qilishi ancha keng tasvirlangan. Go’ro’g’lining tug’ilishi va xalq manfaati yo’lida qahra-monlik ko’rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o’rin tutadi. Bular xalq dostonlarining doimiy ishtirokchilari bo’lib, ular xalq qahramonlariga homiylik, rahnamolik qiladi. Ular hali hayot tajribasiga ega bo’lmagan qahramonga yo’l-yo’riqlar ko’rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o’rgatadi.

Mantiqiy fikrlaganda g’ayritabiiy bir sharoitda tug’ilgan go’dakni kimdir o’limdan saqlab qolmog’i kerak. Go’ro’g’li go’rda tug’ilgan ekan, Bibi Hilolning jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu o’rinda go’dakni yo’rgaklab olish uchun Xizr alayhissalom va chiltanlar hozir bo’ladilar. Go’ro’g’lining g’ayritabiiy tug’ilishi – uning kelajakda boshqalarga o’xshamaydigan, favqulodda kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo’lib kamol topishiga ishora. Tengdoshlariga nisbatan sho’xliklari, o’zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo’ravonlik qilishi esa undagi alplik alomatlarining badiiy tasviridir. Parokanda bo’layozgan Taka-Yovmit elida Go’ro’g’lining kelishi bilan tub burilishlar sodir bo’ldi. Eng muhimi, u el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. Go’ro’g’lida yigitlik burchi va mas’uliyatini his etish juda kuchli darajada 49shakllangan. Ayni mana shu tuyg’u uni harakatga soladi, kuchiga kuch ba g’ishlaydi.Doston voqealari rivojida Rayhon arab obrazining ham  o’ziga xos o’rni bor. U Shirvon yurtining podshosi bo’lib, Iroq va Arabiston mamlakatlari unga qarar edi. Rayhon arab – Rustam kelbatli, pahlavon, qo’rqmas va jasur, o’ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti chin tulpor bo’lib, uni quvib yetib bo’lmas edi. Buni Go’ro’g’lining Rayhon arabga qarata aytgan quyidagi so’rovidan ham anglash mumkin:Ostingda o’ynaydi chin tulpor oting,Rustamga o’xshaydi shon-u shavkating,Qayerda, mehmonjon, sening elating,Ajdaho nishonim, qaydin bo’larsan? Rayhon arab Xoljuvonning suluvligini eshitib, kelib ko’rgan va unga oshiq bo’lib qolgan edi. Xoljuvonga sov-chi qo’yganda, Ahmadbek ham sovchi qo’yib o’zi olgan edi. Rayhon arab Xoljuvonga yetisha olmasa-da, har yili Ahmad-bekning yo’qligini poylab, pana yerlardan turib uni ko’rib ketar, ko’rmasa kasal bo’lib qolar edi. U doim Xoljuvonni olib qochish payida bo’lgan. Kunlarning birida Rayhon arab Ahmadbekning bir shaharga safar qilganini eshitadi va paytdan foydalanib Xoljuvonni olib qochish uchun Turkman yurtiga keladi. Shunda u Go’ro’g’liga duch keladi va o’z rejasini undan foydalanib amalga oshiradi. Rayhon arabning Xoljuvonni olib qochishida o’zini aybdor bilgan Go’ro’g’li qanday qilib bo’lmasin undan qasdini olishni maqsad qiladi va bunga erishadi. Xoljuvon chechasining o’rniga Rayhon arabning qizi Zaydinoyni tog’asi Ahmadbekka olib kelib beradi. Mana shu voqealar jarayonida Go’ro’g’li va Rayhon arabning o’ziga xos insoniy his-tuyg’ulari, mard va jasurliklari yanada yaqqol ko’zga tashlanadi.«Go’ro’g’li» nomining talqinlarida turli yondashuvlar mav-jud. Jumladan, uning «go’r» – qabrda tug’ilishi motivini asoslaydigan qarashlar ham ustuvorlik kasb etgan. Ayni payt-da, uning «ko’r ota ning farzandi» ekanligiga urg’u beradi gan yo’nalish ham mavjud. Jumladan, Po’lkan shoir variantida mana shu ikkala qarashning ham ta’siri ochiq seziladi. Nomning o’zak qismi ko’plab talqin larga imkon beradi. Zero, «go’r» va «ko’r»dan tashqari «kur» o’zagi ham mana shunday rang-barangliklardan birini tashkil etadi. Uning ma’nosi alp, botir,  mard deganidir. Ravshanning faqat sinchi bo’libgina qolmay, anchayin kuchli bir bahodir ekani ham tasodifiy emas. Bu o’zakda «quyosh», «o’t», «olov», «qo’r», «qir», «tog’» sin gari ma’nolar ham mujassamlashganki, ular qa dimgi asotir va afso nalar vositasida eng qadimgi tasavvurlarni qayta tiklash imkonini beradi. Xalq dostonlarida qahramon har doim o’z oti bilan bir-galikda namoyon bo’ladi. Esingizda bo’lsa, Alpomishning ham oti bor edi. U Boychibor nomi bilan mashhur bo’lgan. Xuddi shuningdek, bu yerdagi G’irot ham mana shunday jangovar otlar timsolidir.

2. «Go’ro’g’li» turkumi dostonlari ko’pgina xalqlar orasida juda keng tarqalgan bo’lib, ayrim xalqlarda baxshilar tomonidan hozir ham kuylanib kelinmoqda. Bu dostonlar o’zbek, tojik, turkman, ozarboyjon,  turk, qozoq, qoraqalpoq, arman, gruzin, kurd xalqlari epik ijodiyotida o’ziga xos turkumlarni tashkil etadi. Go’ro’g’li Sibir tatarlari, Bulg’or turklari, Eron ozarboyjonlari, Stavropol turkmanlari, Afg’oniston o’zbeklarining ham sevimli epik qahramonlaridan biridir. Turkumning ayrim lavhalari O’rta Osiyo (Buxoro) arablaridan ham yozib olingan. Bunday keng hududda, asosan, turkiy elatlar va qisman turkiy bo’lmagan xalqlar orasida juda ham keng miqyosda tarqalgan, turkumlashishning barcha xillarini o’z ichiga olgan bunchalik ko’p tarmoqli biror-bir epik asarni dunyo folklorshunosligi bilmaydi. Shuning uchun ham ozarboyjon versiyasining 13 majlisini (dostonini) yozib olib, 1842-yilda uning inglizcha taкjimasi bilan nashr etgan diplomat A. Xodzko: «Osiyoda biror burchak yo’qki, u yerda Go’ro’g’lining nomi aytilmasin. Hatto Bessarabiya va Moldaviyada ham uning otini eshitasiz. Agar adiblarning shuhrati va mashhurligi ularning o’quvchilarining soni bilan hisoblansa, unda Firdavsiy Go’ro’g’lidan biroz ortiq bo’ladi», — deb yozgan edi. Olimlar «Go’ro’g’li» turkumi dostonlarining kattakon ikki tarmoqqa bo’linishini qayd etadilar. Fanda ularning biri Zakavkazye va Yaqin Sharq versiyalari (ozarboyjon, arman, gruzin, turk va boshqalar) deb yuritilsa, ikkinchisi O’rta Osiyo versiyalari (o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik va boshqalar) deb ataladi. Bu ikki tarmoqqa birlashgan versiyalar o’zaro muayyan umumiyliklarga ega bo’lsalar-da, dostonlarda qamrab olingan voqelik, epik an’ana va bosh qahramonga berilgan baho jihatidan, ularning hajmi, tarkibi, kuylanish va tarqalish xususiyatlari bilan bir-birlaridan jiddiy ravishda farq ham qiladi. Turkumning ozarboyjon versiyasi Zakavkazye va Yaqin Sharq versiyalariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni o’zida to’la ifodalay oladi, deb hisoblash mumkin. Bu versiyada tasvirlanishicha, Go’ro’g’li qirq yigitga bosh bo’lib, mavjud tuzumga qarshi isyonkorlik harakatlari olib boradi. Kutilmaganda, savdogarlar karvonini talaydi, o’ziga dushman qo’shni podsholiklarni yengadi, bunday janglarda ajoyib jasorat va qahramonliklar ko’rsatadi; cho’pon, otboqar, darbadar baxshi, duoxon, folbin qiyofalarida dushman ichiga kirib, juda usta tadbirkorlik bilan asir tushgan yigitlariga yordam beradi, o’ziga va yigitlariga ma’qul bo’lgan go’zallarni olib qochadi. Ko’ro’g’lining jasorati va mardliklari haqidagi bunday hikoyalar yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega. Bu hikoyalar mag’zida xalq og’zaki ijodi bo’yoqlaridagi real tarix yotibdi. Turkiya sultoni yoki Eron shohlariga tobe bo’lgan yarim mustaqil podsholiklardagi turli xil saroy intrigalari, hukmdorlar yashagan gavjum savdo va hunarmandlik shaharlaridagi hayot, katta karvon yo’llaridagi janglar ozarboyjon versiyasining tarixiy asoslari hisoblanadi va bu versiyaga ko’ra, Go’ro’g’li Eron shohi Abbos I ning (1585—1628) zamondoshi qilib ko’rsatiladi. Chindan ham arman tarixchisi Arakel Tavriziy (vafoti 1670-yil)ning ko’rsatishicha, shoh Abbos va Turkiya sultoniga qarshi qo’zg’olon ko’targanlarning boshliqlaridan biri Go’ro’g’li boigan. «Bu hozir oshiqlar kuylayotgan juda ko’p qo’shiqlarni to’qigan  Go’ro’g’lining xuddi o’zi», — deya aniqlik kiritadi arman tarixchisi. Demak, ozarboyjon versiyasida konkret shaxs va davr bilan bog’liq voqealar tengsiz kuch-qudrat va shijoat, olijanob insoniy fazilatlar ideali nuqtai nazaridan kuylanadi. Ammo bunda umumlashtirish va ideallashtirish muayyan davr va tarixiy voqealarni inkor etish darajasida emas, balki u (xalq ideali) konkret biografik detallar va hayotiy lavhalar bilan chambarchas bog’lanib ketgan. O’rta Osiyo versiyalari, xususan, o’zbek variantlarida esa umumlashtirish va ideallashtirishning juda yuqori darajasini ko’ramiz. Bunda qahramonona o’tmish aniq tarixiy voqealar aspektida emas, balki mislsiz romantik lavhalarda, xalqning beqiyos ideallari ko’lamida tasvirlanadi. Hamma narsa — hayot ham, xalq turmushi ham, tarixiy voqelik ham, mavjud zamon yetishtirgan qahramonlar ham ko’tarinki romantik bo’yoqlarda, bepoyon ideal badiiy tasavvurlarda, cheksiz obrazlar girdobida gavdalanadi. Ana shu bepoyon ideallik va cheksiz romantika bu dostonlarni yanada real, hayotiy, xalqqa yaqin va davrimizga hamohang qilgan.