Ekologiya qonunlari

Ekologiya qonunlari

Dunyodagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ekologik jarayonlar o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ekologiyasiz iqtisodiyot va iqtisodiyotsiz ekologiya bo’lmaydi. Biosfera kompronentlari orasidagi turli xil aloqalar, biogeosenoz elemetlari orasidagi o’zaro bog’liqliklar, tabiat taraqqiyoti va o’z-o’zini mukammalashtirishi ekologiyaning 4 ta qonuniga o’z aksini topgan. Ekologiya qonunlari birinchi marotaba 1974 yilda Amerikalik olim Barri Kommoner tomonidan fanga kiritilgan edi.

1-qonun. Tabiatdagi barcha moddalar va hodisalar o’zaro bog’liq. Ushbu qonun biosferadagi barcha tirik organizmlar va ularni o’rab turgan tabiiy muhit orasidagi turli xil va shakldagi bog’liqiliklarni o’ziga aks ettiradi. Tabiiy muhitning fizikaviy-kimiyoviy holatining har bir o’zgarishi aloqalar orqali biogeosenozlarga beriladi, natijada ularning rivojlanishiga katta ta’sir yetadi.

2-qonun. Hamma narsalar qayergadir yashirinishi kerak. Har bir narsa izsiz yo’qolmaydi, balki bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi mumkin, bir molekulyar holatdan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Bunday o’zgarishlar tirik organizmlarning yashash jarayoniga ta’sir yetadi. Masalan, yog’ingarchiliklar ko’proq sodir bo’lganda, tabiiy iqlim o’zgarib o’simliklar rivojlanishiga katta ta’sir etishi mumkin. Yoki yer qa’ridan qazib olinadigan ma’danlar, neft va gazlardan yangi moddalar va birikmalar olinadi. Ammo texnologik jarayonlar davomida ajralib chiqadigan chiqindilar tabiatga yoyilib ketgan.

3-qonun. Biron-bir narsa tekinga berilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir narsa uchun, shu jumladan, tabiatdan foydalanish uchun ham, to’lash kerak. Global ekologik sistemada, ya’ni biosferada har qanday foyda ko’rishlar, albatta, talofatlar bilan birga qo’lga kiradi. Ushbu talofat esa boshqa joyda paydo bo’ladi. Tabiatdan olingan har bir narsaning joyi albatta, to’ldirilishi shart. Masalan, bug’doy, arpa, ko’katlar va boshqa mahsulotlar yerdan fosfor, kaliy va shunga o’xshagan elementlarni oladi. Agar yerga ushbu kerakli elementlarni mineral o’g’it sifatida bermasak, kelgusida hosildorlik pasayib kyetadi.

4-qonun. Tabiat yaxshi “biladi”. Ushbu qonun Erda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishiga asoslangandir. Masalan, Orol dengizi ming yillar davomida yashab keldi, ammo inson yarim asr davomida uni halokatga uchratib qo’ydi. Tabiatda har bir organik moddaning parchalantiruvchi fermenti mavjud. Tabiatda biron-bir organik moddani sintez qilish nihoyatda qiyin, agar uni parchalantiruvchi vositasi bo’lmasa. Hozirgi paytda inson shunday kimyoviy birikmalar yaratdiki, ular tabiiy muhitda parchalanmaydi (masalan, plastmassa va rezina mahsulotlari), ular yig’ilib qolib tabiiy muhitni ifloslantirmoqda. Demak, ushbu qonun bizni tabiiy sistemalarni o’zgartirish (suv to’g’onlarni qurish, daryo oqimini o’zgartirish va b.) uchun oqilona yo’l tutishimizga ogohlantiradi.