Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari
Mavzu:Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari
Reja:
1. Ekologik vakt omili
2. Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar
3. O‘simlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar
1Ekologik vakt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar ma’lum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar o‘rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi. Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar hujayradan tortib biosferagacha ma’lum ritmga bo‘ysunadi. Tabiatdagi biologik ritmlar barcha jonli organizmlar uchun ichki (o‘zining hayotiy faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) va tashqi xususiyatlarga bo‘linadi. Organizmlarda sodir bo‘ladigan biologik ritmlar ma’lum bir omillar Ta’sirida vujudga keladi. Shuning uchun ham biz ana shu omillar ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.
Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida sayyoramizdagi ekologik omillar — harorat, bosim, namlik, yorug‘lik rejimi, havo, atmosferadagi elektromagnit maydoni, okeanlarning toshishi va qaytishi qonuniy ravishda o‘zgaradi, Bundan tashqari jonli tabiatga koinotdagi ritmlar, ya’ni quyosh faolligining davriy o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi
2 Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar:
Sutkalik ritmlar — yerning‘ o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o‘ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug‘ vaqtiga to‘g‘ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to‘g‘ri keladi.
Organizmdagi sutkalik ritm bir kecha-kunduzda davriy ravishda o‘zgarib turadigan muhit omillariga, ya’ni havo harorati va namlikka, shamol, yorug‘lik va shunga o‘xshash ko‘pgina murakkab omillarga moslashishdan iboratdir. Shuningdek, sutkalik ritm oziq topish sharoitlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq xuddi mavsumiy ritmda bo‘lgani kabi, sutkalik ritmda ham yorug‘lik asosiy signal (ogohlantirish) omili vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga yorug‘ va qorong‘i paytlarning navbatlanib turishi ham alohida rol o‘ynaydi. Bu yorug‘lik tartibi sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirish orqali isbotlanishi mumkin.
O‘simliklar olami va hayvonot dunyosida sutkalik sikllarni o‘rganish organizmlar ham vaqtni aniqlash qobiliyatiga ega ekanligini isbotladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning guli sutkaning ma’lum vaqtida ochiladi, masalan, loviya o‘simligi barglarining bir sutka davomidagi harakati xronologik aniqlik bilan yuz. beradi. Barcha tirik organizmlarning vaqtni aniqlash xususiyatini biologik soat deb yuritiladi.
Nerv sistemalari to‘la shakllangan hayvonlarga biologik soat mexanizmlari ayniqsa mansubdir. Hasharotlarning sutkalik ritmlarini o‘rganish ularning biologik soati mahalliy vaqtta «to‘g‘rilangan» ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni har bir organizm o‘zi yashab turgan joyning yorug‘lik omillariga asoslanib vaqtlarini o‘lchaydi. Asalarilarda olib borilgan kuzatishlar natijasi yuqorida qayd qilingan fikrni to‘la tasdiqlaydi.
Parijda asalarilarga alohida kameralarda bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 20.10—15 minutdan 22.10—15 minutga qadar qandli sharbat berib turildi. So‘ngra asalarilar kechki payt samolyotda Nyu-Yorkka jo‘natildi. Ertasi kuni asalarilar Nyu-York vaqti bilan taxminan soat 15.00 da, ya’ni Parijda so‘nggi marta ovqatlanganlaridan keyin roppa-rosa 24 soat o‘tgach shira solingan oxurchaga uchib kela boshladilar.
Nyu-York vaqti bilan soat 20.15 dan 22.15 ga qadar esa oxurchaga bironta ham ari uchib kelmadi. Asalarilar Nyu-Yorkdan Parijga ko‘chirilganda ham xuddi shunday natija olindi.
Amerika suvaragi ustida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, hasharotlardagi sutkalik faollikning sozlovchisi asosida neyrogormonal mexanizm yotadi.Amerika suvaragi ustida o‘tkazilgan dastlabki kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, harakat faolligi ritmi tanada maxsus sekretning mavjud bo‘lishiga bog‘liq: halqum osti gangliyasining qorni sathida va qisman yon sathida joylashgan maxsus neyro-sekretar hujayralar ana shunday sekret manbai xizmatini o‘taydi. Agar faol ritmdagi suvarakning halqum osti gangliyasini qirqib olib, boshi olingan «aritmik» suvarak qorniga ko‘chirib o‘tkazilsa, bir necha kundan keyin mazkur suvarakda ham gangliyasi ko‘chirib o‘tqazilmasdan oldli donor hasharotda bo‘lgan faollikning paydo bo‘lgani qayd qilinadi. Shu bilan birga faollik davrining boshlanishi, asosan, yorug‘likdan qorong‘ulikka o‘tish natijasida kelnb chiqadigan qo‘zg‘alishga bog‘liq bo‘ladi. Bu qo‘zg‘alish oddiy ko‘z orqali qabul qilinadi.
Kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, halqum osti gangliyasining neyro-sekretar hujayralari garchi hasharotning sutkalik faolligi ritmini sozlovchi sekretni mustaqil ajratib chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lsada, 5u jarayonning yaxshi kechishi uchun yondosh tanalar deb ataluvchi maxsus bezlarning sekretari halqum osti gangliyasiga kelib turishi kerak. Mazkur sekret halqum osti gangliyasiga uni! yondosh tanalar bilan bog‘lab turuvchi nervlar orqali keladi, Agar ana shu nervlar qirqib qo‘yilsa, harakat faolligi maromi bir hafta ichida asta-sekin so‘nadi.
Hatto hasharot yorug‘lik va qorongulik ta’siriga duchor bo‘lib turganida ham shu ahvol kuzatiladi. Sutkalik o‘zgaruvchanlik ko‘pchilik hayvonlarda faqat harakatlanish faolligiga ta’sir ko‘rsatib, fiziologik xususiyatlariga uncha ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, kemiruvchilarda xuddi shunday holat kuzatiladi, Fiziologik faoliyatla-rining o‘zgarishi (aniqroq) yer qavatlarida seziladi. Yozda kunduzgi paytda ularning ko‘pchiligi o‘zlarini poykilotermik hayvonlar kabi tutadilar. Ularning tana haroratlari muhim haroratiga teng bo‘ladi, nafas olishi, tomir urushi, sezgi a’zolarining ta’sirlanishi juda past bo‘ladi.
Ayrim turlarning faol faoliyati sutkaning ma’lum paytlariga to‘g‘ri keladi, boshqalarida sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, shafran o‘simligi gulining ochilishi haroratga bog‘liq. Kungaboqar o‘simligining savatchasi esa bulutli kunlarda ochilmaydi. Cho‘l zonasida tarqalgan hayvonlarning faol faoliyatlari sutkaning har xil vaqtiga to‘g‘ri keladi, bu asosan shu yerdagi harorat va namlik bilan bog‘liqdir.
Ichki (endogen) sutkalik ritmni tashqi (ekzogen) ritmdan farkini tajriba orqali isbotlash mumkin. Ko‘pchilik turlar yoruglik, namlik, harorat, ozuqa va boshqalar doimo bo‘lganida uzoq vaqt davom etuvchi rivojlanish sikllarini sutkalik davrga yaqinlashtiradilar. Masalan, meva pashshasida ana shunday ichki (endogen) ritm bir qancha o‘nlab avlodlarda davom etadi. Shunday qilib, hayotiy faoliyatning sutkalik davriyligi tug‘ma ravishda turning genetik xususiyati sifatida avloddan-avlodga o‘tadi. Bunday ichki (endogen) ritmlar sirkad (lotincha sirka — atrofida va di — sutka) deb ataladi. Bir qancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan hayvonlar tug‘ma ravishda vaqtni belgilash bilan joyni ham mo‘ljalga oladilar.
Qushlar uzoq masofalarga uchgan vaqtlarida doimiy ravishda uchish yo‘nalishiga, quyosh va osmondagi yorug‘likning qutblanishiga nisbatan tuzatish kiritadilar. Bunda ular sutkadagi vaqtni hisobga oladilar, jonli organizmlar faqat sutka davriga (sikl) mo‘ljal olibgina qolmasdan, tabiatda bo‘ladigan murakkab geofizik davrga (sikl) qarab ham mo‘ljal oladilar.
Yillik ritmlar. Yillik ritmlar tirik organizmlardagi eng universal ritmlar hisoblanadi. Yil davomida qonuniy ravishda fizik sharoitlarning o‘zgarishi turlar evolyuiiyasida bir qator moslanishlarni hosil qilgan. Masalan, turning ko‘payishi va o‘sishi, yilning eng noqulay vaqtlarida yashashga moslashishi hamda qo‘chishi (migraiiya) bilan bog‘liqdir. Qiska hayotiy sikllarga ega bo‘lgan turlarda yillik ritmlar bir qancha avlodlarda (masalan, dafniya siklomorfozida) kuzatiladi.
Fasllar bo‘yicha o‘zgaruvchanlik organizmlarning fiziologik holatida va xulq-atvorida chuqur o‘zgarishlar sodish bo‘lishiga sababchi bo‘ladi, xuddi shuningdek, ularning hayotiy sikllarida va morfologik tuzilishlarida katta siljishlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Barcha jonli organizmlarda, bunday o‘zgarishlarga moslanish xususiyatlari mavjud. Ana shunday moslanishlar tufayli turlar hayotining eng muhim davrlari — nasl qoldirish yilning eng qulai davriga, yilning eng noqulay paytlari esa bu turlarning juda baquvvat davriga to‘g‘ri keladi.
Tashqi muhit qancha tez o‘zgarsa, tirik organizmlar hayotiy faoliyatining yillik davriyligi shunchalik kuchli bo‘ladi. Masalan, kuzda o‘simliklar bargining to‘kilishi, zaxira yog‘larning hosil qilinishi, ko‘chish (migraiiya) va hokazolar. Bunday davriylik faqatgina iqlim sharoitlari mo‘tadil va sovuq bo‘lgan mamlakatlar uchun xosdir. Tropik zonalarda yashaydigan o‘simliklar va hayvonot dunyosining hayotiy faoliyatlarida yillik davriylik juda ham yaxshi aks etgan.
Ko‘pchilik turlar ichki yillik ritm (sirkan)larga egadir. Bu ayniqsa ko‘payish sikllariga taalluqlidir. Shunday qilib, janubiy yarim sharda yashaydigan hayvonlar shimoldagi hayvonot bog‘larida saqlanganida, asosan kuzda yoki qishda ko‘payadilar. Bu vaqt ularning vatanida bahorga yoki yozga to‘g‘ri keladi. Avstraliyadan olib kelingan tuyaqushlar Askaniya Nova qo‘riqxonasida tuxumini qishda qorga qo‘ygan. Yana shu mamlakatdan keltirilgan Dingo nomli it dekabr oyida tug‘gan, bu oy uning vatanida bahor faslining oxiriga to‘g‘ri keladi . Shuning uchun ham turlarni iqlimlashtirishda va moslashtirishda (akklimatizatsiya) organizmlarning yillik shakkllari bilan hisoblashish kerak
3 O‘simlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishida Fotodavriylikning roli. Muhit sharoitining davriy o‘zgarishi natijasida o‘simliklar va hayvonlarning fiziologik holatida yil bo‘yicha katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Agar tirik organizmlar yil davrlariga moslashmasa, ular nobud bo‘lishi mumkin. Masalan, tinim bosqichlari qishgacha shakllanib bo‘lsa, individlar nobud bo‘ladi.
Kishga tayyorgarlikdagi biologik jarayonlar yozda — havo va tuproqda harorat hali baland bo‘lganida boshlanadi.
Tirik organizmlardagi mavsumiy sikllarning boshqarilishida kun uzunligining o‘zgarishi ham muhim ahamiyatga ega.Kun uzunligining jonli organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri Fotodavriylik deyiladi. Uning hosil bo‘lishi kuchli yorug‘lik bilan ta’minlanishiga emas, balki sutkada kunduzning kechasi bilan almashib turish ritmiga bog‘liqdir.
Tirik organizmlarning fotodavriy ravishda ta’sirlanishi ularning noqulay sharoitlar ta’siriga moslanishi katta ahamiyatga egadir. Sutka davomida sun’iy yoritilgan yoki kun uzunligi 15 soatdan oshgan joydagi qayin o‘simligining urug‘ ko‘chatlari uzluksiz o‘sadi va bargini to‘kmaydi. Ammo sutkasiga 10—12 soat yoritilganda, bu ko‘chatlarning o‘sishi hatto yozda ham to‘xtab qoladi va tez orada bargini ham to‘kadi. Kuzning qisqa kuni ta’sirida asta-sekin qishki tinim davriga o‘tadi. Barg to‘kadigan aksari daraxtlar: tol, oq akatsiya, eman va qoraqayin uzun kunda doimo yashil turadi.
Kunning uzunligi hayvonlarga ham ta’sir etadi. Uzun kunlarda kanalar va hasharotlar qishki tinim davriga kiradilar. Masalan, karam kapalagi qurtlari uzun kun sharoitida (yorug‘ kun 14—16 soatni tashkil qilganida) saqlansa, g‘umbaklaridan kapalaklar chiqadi va bir necha avlodlari uzluksiz rivojlanadi. Ammo qurtlar 14 soatdan qisqa kunda saqlansa, bahor va yoz faslida harorat yetarlicha yuqori bo‘lishiga qaramay, qishlaydigan g‘umbaklari bir necha oy mobaynida rivojlanmay turadi.
Bahorda kun uzayishi bilan parrandalarda jinsiy bezlar rivojlanadi, ularda uya yasash instinkti hosil bo‘ladi. Kuzda kun qisqarishi bilan qushlar tullab qishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydilar, ya’ni yog‘ to‘playdilar va uchib ketishga (mitratsiya) shoshiladilar.
O‘simliklarda qishki tinim. davriga kirish va boshqa mavsumiy hodisalar ham kun uzunligiga bog‘liq. Masalan, ko‘pgina yovvoyi o‘simliklar uzun kun o‘simliklaridir. Madaniy o‘simliklardan bug‘doy va arpa navlari, javdar, suli, zig‘ir uzun kun o‘simliklariga kiradi. Ammo janubda o‘sadigan ba’zi o‘simliklar, masalan, xrizantema, kartoshkagul, g‘o‘za va boshqalarning guli kunlar qisqa bo‘lgan davrda gullaydi. Shuning uchun ham ular faqat yoz oxirida — kuzda (kun qisqargan vaqtda) gullaydi. Bu xil o‘simliklarni qisqa kun o‘simliklari deb ataladi.
Fotodavriylik turli organizmlardagi mavsumiy hodisalarni boshqaradigan umumiy moslanishdir. Fotodavriylik hodisasi barcha yirik muntazam gruppalarda uchraydi, ammo ularning hammasiga ham xos emas. Shunday turlar mavjudki, ular fotodavriylik hodisasi ta’siriga neytraldirlar, ularda rivojlanish sikllaridagi fiziologik hayotni o‘zgartirish kun uzunligiga bog‘liq emas. Bunday turlarda hayotiy sikllarni boshqarishning boshqa usullari rivojlangan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, fasllar bo‘yicha kuchli farq bo‘maydigan joylarda tarqalgan turlarda fotodavriylik hodisasi kuzatilmaydi. Bu urug‘larning unib chiqishi, gullashi, meva qilishi, barglaning to‘kilishi va boshqalar tropik o‘rmonlarda o‘sadigan o‘simliklarda uzoq vaqt davom etadi. Bu yerda o‘sadigan o‘simliklar bir vaqtda gul ham, meva ham hosil qiladi. Mo‘tadil iqlimli sharoitlarda o‘sadigan turlar, qulay vaqtlarda barcha hayotiy sikllarini to‘la ta’minlay oladigan, yilning noqulay fasllarida faol qayotiy faoliyatlarga ega bo‘lmagan turlarda ham fotodavriylikning ta’siri bo‘lmaydi. Masalan, ko‘pgina efemer va efemeroid o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi yilning yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan davrida o‘tadi. Jazirama issiqlar boshlanishi bilan, ularning urug‘lari to‘kiladi, tanasi qovjirab qoladi. Yetti-sakkiz oy davomida ularning urug‘lari jazirama issiqlarga bardosh berib, tinim davrini o‘taydi.
Efemer o‘simliklarga qizg‘aldoq, shotara, chitir, oq chitir va jag‘-jag‘ misol bo‘la oladi. O‘rta Osiyoda ularning 400 ga yaqin xili o‘sadi
Efemeroidlarga esa rang‘, qo‘ng‘irbosh, boychechak, lola va iloq kabi o‘simlik turlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Shu narsa ma’lumki, yorug‘ kunlarning uzunligi yil faslidan tashqari, joyning geografik o‘rniga ham bog‘liqdir. Qisqa kunli turlar asosan past kenglikda o‘sadi va yashaydi, uzun kunli turlar esa mo‘tadil va yuqori kenglikda o‘sadi va rivojlanadi. Keng areallarga ega bo‘lgan shimoliy individlar va fotodavriylik xili bilan janubiy individlardan farq qiladi, Shunday qilib, fotodavriylik xili bu turlarning muntazam xususiyati bo‘lmay, balki ekologik xususiyatidir.