Bilish falsafasi haqida

Bilish falsafasi

Reja:

1. Bilish va bilim — falsafiy taxlil mavzui.

2. Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy boskichlari.

3. Ilmiy bilishning moxiyati va usullari. Metod, nazariya va metodologiya.

4. Xakikat tushunchasi. Uning shakllari.

5. ¤zbekiston istikloli va bilimli yoshlarni tarbiyalash masalalari.

Bilish va bilim. Bilishning moxiyati, shakllanish va rivojlanish konuniyatlari, xususiyatlarini urganish falsafa tarixida muxim urin egallab kelmokda. Inson uz bilimi tufayli borlik, tabiat, jamiyatni va nixoyat, uz-uzini uzgartiradi. Bilishga karatilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadkik etish falsafa tarixida muxim axamiyatga ega. Shu bois xam falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shuKullanuvchi maxsus soxasi — gnoseologiya vujudga keldi.

Inson bilishi nixoyatda kup kirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shuKullanadi. Xar bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chikib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Xususan, XVII asr urtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning axamiyati, xakikiy ilmiy bilishlar xosil kilishning usullarini urganish, ilmiy xakikat mezonini aniklash bilan shuKullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina xakikiy bilimdir, degan Koyani olKa surdilar.

XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson akli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xakikiyligi xususida emas, balki insonning bilish kobiliyatlari xakida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin kuyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan karaydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar.

Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va uzi tuKrisida bilimlar xosil kilishga karatilgan akliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson uzini kurshab turgan atrof-muxit tuKrisida bilim va tasavvurga ega bulmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shuKullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bulib, xar kanday kasb-korni egallash fakat ilm orkali ruy beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bulgan ma’naviy extiyoj, xayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat kup asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli xam uzi uchun kator kulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining xar kanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil kilinadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orkali bilimlar xosil kilish butun insoniyatga xos bulgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita xayotiy extiyojdan, farovon xayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi tarakkiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shuKullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial gurux vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari bulib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shuKullanadilar.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farklanadi.

Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va uziga xos bulib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan xolda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Xozirgi zamon Karb sotsiologiyasida xalklarning kundalik bilim xosil kilish usullarini urganuvchi maxsus soxa — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini urganish bilan shuKullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farklash muxim.

Bilish obyekti. Tadkikotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshkalarning, umuman insonning bilimlar xosil kilish uchun ilmiy faoliyati karatilgan narsa, xodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari xisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavxum, tabiiy va ijtimoiy bulishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bulgan borlikni kamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim soxalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.

Bilish subyekti. Bilish bilan shuKullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti xisoblanadi. Ayrim olingan tadkikotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadkikot institutlari xam aloxida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat moxiyatini bilishgagina emas, balki insonning uziga xam karatilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaktda xam bilish obyekti, xam bilish subyekti sifatida namoyon buladi.

Bilishning maksadi ilmiy bilimlar xosil kilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida xosil kilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat kilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan kadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning xar tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm soxalarining xamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.

Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati kamrab olgan bilish obyektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning urganish soxasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga karab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshka soxalari vujudga kelgandir. Tadkikot predmeti fanlarni bir-biridan farklashga imkon beradigan muxim belgidir.

Bilish darajalarini shartli ravishda: kuyi, yukori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning kuyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bulib, xissiy bilish deyiladi. Xissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.

Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshka mavjudotlarda bulgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farklash, tabiiy muxitga moslashish va ximoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning kuyi boskichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashki olam tuKrisida muayyan bilimlar xosil kilishga yordam beradi.

Bilishning yukori boskichi fakat insonlargagina xos bulib, akliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson uz sezgilari yordamida narsa va xodisalarning fakat tashki xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki moxiyatini bilib oladi. Moxiyat xamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon buladi. Xar bir xodisada moxiyatning fakat bir tomonigina namoyon buladi. Shu boisdan xam xodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki xodisa tuKrisida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun moxiyatini ochib bera olmaydi.

Tushuncha. Akliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, taxlil kilish, sintezlash, mavxumlashtirish orkali yangi xosil kilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.

Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha akliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va xodisalar moxiyatiga chukurrok kirib borishda tushuncha muxim vosita bulib xizmat kiladi.

Akliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Akliy bilishda narsa va xodisalarning tub moxiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoklashish talab etiladi. Masalan, insonning moxiyati uning sezgi a’zolarimiz kayd etadigan kelishgan kaddi-komati, chiroyli koshu kuzi, ijodkor kuli, oyoklari bilan belgilanmaydi. Insonning moxiyati avvalo, uning akl va tafakkurga, yaratish kudratiga, mexr-shafkat xissiga, mexnat kilish, suzlash kobiliyatiga ega ekanligida namoyon buladi.

Inson tushunchasi uzida insoniyatning kup asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi.

Xar bir fan uziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida moxiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning moxiyati suz va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz suz va tushunchalarni uzlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bulamiz. Xar bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir katorda tayyor bilimlar olamiga xam kirib boradi.

Xukm. Akliy bilish narsa va xodisalarga xos bulgan belgi va xususiyatlarni tasdiklash yoki inkor etishni takozo etadi. Tafakkurga xos bulgan ana shu tasdiklash yoki inkor etish kobiliyatiga xukm deyiladi. Xukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Xukmlar yangi bilimlar xosil kilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va xodisalar moxiyatiga chukurrok kirib boriladi. Shunday kilib, xukm narsa va xodisalarning tub moxiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiklaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aklli mavjudotdir», degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi — aklning mavjudligi tasdiklanayapti. Birok inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning moxiyati fakat aklli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirKinbarot urushlar, ekologik inkirozlar aklli mavjudot bulgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axlokli mavjudotdir». Inson tuKrisidagi xozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu.

Xulosa — akliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil kilish usulidir. Xulosa chikarish induktiv va deduktiv bulishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chikarishga yoki umumiylikdan aloxidalikka borish orkali bulishi xam mumkin.

Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chikarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida kobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va xodisalardan fikran uzoklashishni, dikkatni bir joyga tuplashni, ijodiy xayolni talab etadi.

Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, kalban bilish, Koyibona bilishdir. ¤zining butun borliKini fan, din, siyosat va san’at soxasiga baKishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish kobiliyatiga ega buladilar. Intuitiv bilish xissiy va akliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning Koyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan boKlikdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniklash gnoseologiyada muxim urin egallab keldi. Xar bir fan uziga xos bilish usullaridan foydalanadi.

Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni kayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar tuplashning uziga xos usullari mavjud bulib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.

Ilmiy bilish metodlarini urganadigan maxsus soxa — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari uz xarakteriga kura: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bulinadi.

Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bulgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavxumlashtirish, induksiya va deduksiya, kiyoslash va modellashtirish kabilarni kursatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, takkoslash umumilmiy metodlar bulsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantikiylik umumilmiy metodlar xisoblanadi.

Xususiy ilmiy metodlar xar bir fanning uziga xos xususiyatlaridan kelib chikadi. Masalan, suxbatlashish, anketa surovi, xujjatlarni urganish sotsiologiya faniga xos bulgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshka fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda tuKri metodni tanlash bilishda muvaffakiyat garovi xisoblanadi. Boshkacha kilib aytganda, ilmiy tadkikotda nimani urganish kerak, degan masala fan predmetini aniklashga imkon bersa, kanday urganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini tuKri belgilashga yordam beradi.

Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy boKlikdir. IlKor ilmiy nazariya fanning butun tarakkiyoti davomida erishilgan muxim yutuk bulib, u ilgarigi ilmiy karashlarni ijodiy rivojlantirish, usha yutuklarga tankidiy nuktai nazardan karash orkali vujudga keladi. Fan moxiyatan uzi erishgan yutuklarga shubxa bilan karashni takozo kiladi.

Fan, falsafa soxasida erishilgan yutuklarni mutlaklashtirish, ularga kur-kurona siKinish mukarrar ravishda dogmatizmni keltirib chikaradi. Fan erishgan yutuklar xamisha nisbiydir. Lekin bunday nisbiylikni mutlaklashtirish relyativizmni, fan yutuklariga ishonchsizlik bilan karash esa, skeptitsizmni vujudga keltiradi. Fan tarakkiyoti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jiddiy xalakit beradi.

IlKor ilmiy nazariyalar ma’lum bir davrda ilmiy va falsafiy karashlar yunalishini uzgartirishi, ilmiylikning uziga xos mezoni bulishi xam mumkin. Masalan, Charlz Darvinning evolyutsion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi falsafiy va ilmiy dunyokarashlarda muxim uzgarishlarni vujudga keltirdi.

Gnoseologiyada xakikat tushunchasi muxim urin tutadi. Xakikat inson bilimlarining vokelikka muvofik kelishidir. Xakikatni ochish yoki ilmiy xakikatga erishish xar kanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi xisoblanadi. Xakikat uzining mazmuniga kura mutlak va nisbiy bulishi mumkin. Fan xakikati xamisha nisbiy xarakterga ega bulib, ularning majmuasidan mutlak xakikat vujudga keladi.

Xakikat uz mazmuniga kura xamisha obyektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xoxish-irodasiga boKlik emasdir. Masalan, ¤zbekistonning milliy mustakilligi obyektiv xakikatdir. Ayrim kishilarning bu mustakillikni tan olish yoki olmasligidan kat’i nazar, bu xakikat uz mazmunini saklab kolaveradi. Xakikatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-okibatda fosh buladi va uz kadrini yukotadi. Shuningdek, xakikat xech kachon mavxum emasdir. U xamisha konkretdir. Xegel suzlari bilan aytganda, nimaiki voke bulsa, u xakikatdir, xakikat — vokelikdir. Xakikat mazmunining konkret xarakteri joy, vakt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.

Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning uziga xos xususiyatlarini anglash muxim axamiyatga egadir. Uzok yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bulgan obyektivlik, xolislik ilmiylikning muxim mezoni deb xisoblab kelindi. Birok XX asr urtalarida fan-texnika inkilobi insoniyat oldida paydo bulgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga kadriyatli yondashuv vazifasini kuya boshladi. Aklli mavjudot bulgan inson xar kachon tabiatni urganishda xamisha uz manfaatlarini kuzlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoklama karash oxir-okibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafkatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, kadriyatli munosabatda bulish zaruriyati chukurrok anglana boshladi.

Ijtimoiy fanlar xamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va extiyojlari bilan uzviy boKlik ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat xam bilish obyekti, xam bilish subyekti sifatida namoyon buladi: insoniyat uz tarixini yaratuvchi va uz-uzini biluvchidir.

Tabiatshunoslikda nisbatan barkaror sistemalar bilish obyekti xisoblanadi. Tabiatdagi narsa va xodisalar tadkikotchiga xech kanday karshilik kursatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez uzgaruvchi sistemalar bilish obyekti xisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bulgan muxim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chikarish soxalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy xayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, karashlar va Koyalarni xam urganadi. Ijtimoiy fanlar milliy Koya va milliy istiklol mafkurasini shakllantirishda muxim rol uynaydi.

Gnoseologiyaning maksad va vazifalari, bilishning moxiyati va mazmuni tuKrisida zarur bilimlarga ega bulish mamlakatimizda bilimdon, xar jixatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda aloxida urin tutadi. Bilish nazariyasi bulajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layokat va kobiliyatlarni shakllantirishga kumaklashadi. Milliy mustakillik yillarida gnoseologiya oldiga kuyilayotgan eng muxim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz tarakkiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat kilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni urganish, uluK ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.

Tayanch tushunchalar

Bilish, gnoseologiya, bilim, kundalik (empirik) bilim, nazariy bilim, bilish obyekti, bilish subyekti, xissiy bilish, mantikiy bilish, ilmiy bilish metodlari, nazariya, xakikat, nisbiy xakikat, mutlak xakikat

Takrorlash uchun savollar

1. Gnoseologiya nimani urganadi?

2. Bilish nima?

3. Xissiy va ratsional bilishning uziga xosligi nimada?

4. Bilish obyekti, subyekti, predmeti tushunchalarini izoxlang.

5. Ilmiy bilishning asosiy usul (metod) larini kursating.

6. Bilishning yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirishdagi axamiyat nimada?

ADABIYOTLAR

1. Karimov I.A. ¤zbekiston XXI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari. — T, «¤zbekiston», 1997.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod — ¤zbekiston tarakkiyotining poydevori. — T, «¤zbekiston», 1997.

3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. — T., «¤zbekiston»,1998.

4. Karimov I.A. Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman. «FIDOKOR» gazetasi, 2000 yil 8 iyun.

5. Osnovi filosofii. — T,. ¤zbekiston, 1998.