O’qituvchilarga tavsifnoma namunasi

Navoiy shahar  8-umumiy ta’lim maktab  matematika  fani o’qituvchisi 8-“I” sinf rahbari  Nabiyeva Samiya

Qodirovnaga


TAVSIFNOMA


  Nabiyeva Samiya Qodirovna  1997-1998  o’quv yilidan buyon    shu  maktabda  matematika  fanidan  dars  berib  kelmoqda. Hozirgi kunda 8-“I” sinf  rahbari, ish faoliyati davomida 2014-2015 o’quv yilida turli mavzularda maktabda  ochiq dars va tadbirlar o’tkazib o’quvchilarni ma’naviy yuksalishiga o’z  hissasini qo’shdi.

O’qituvchi  o’z  fani  bo’yicha  iqtidorli  o’quvchilar  bilan,  bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar  bilan  muntazam  mashg’ulotlar  olib  boradi.   Maktabda matematika, fizika, informatika fani uslub  birlashmasining      vazifalarini muntazam  bajarib  keladi,  boshqa  fan  o’qituvchilari  bilan  dars  tahlillariga  kirib o’z tajribasini yanada boyitib boradi. Kutubxonada   badiiy  kitoblar,  gazetalardan  foydali  ma’lumotlar  olib  boradi. Maktabda  siyosiy  o’quv  darslariga  qatnashib  boradi.

 8-I sinfida  yil davomida ochiq tarbiyaviy soat darslar  tashkil  etib,  multimedia   vositalaridan  foydalanib  dars  o’tadi. O’qituvchi  sinf o’quvchlari, ota-onalari  bilan doimo  suhbatlar o’tkazib boradi   va  ularni  darsga  jalb  etib boradi.O’quvchilarga  o’ta  mehribonlik  va  jonkuyarlik  bilan  yondashadi.

O’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda kelajakka va vatanga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda katta yordam berib kelmoqda.



MMIBDO’:                                     Raxmanova I.N.

Navoiy shahar  8-umumiy ta’lim maktab matematika  fani o’qituvchisi 8-“I” sinf rahbari  Nabiyeva Samiya

Qodirovnaga


T A V S I F N O M A

 

   Nabiyeva Samiya Qodirovna  1997-1998  o’quv yilidan buyon    shu  maktabda  matematika  fanidan  dars  berib  kelmoqda.        Nabiyeva Samiya o’qituvchi sifatida har bir darsga jiddiy yondashadi.

        Mohir pedagog darslarning DTS talablari va yangi pedagogika texnologiyani qo’llagan holda qiziqarli olib boradi.

        O’z darslarida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga chaqiradigan, ularning faolligini oshiradigan dars usullaridan unumli foydalandi.

        O’quvchilar bilimini xolisona baholash maqsadida joriy va oraliq nazoratlarini zamonaviy usullardan foydalangan holda tashkil etadi.

        Ma’lum  bir mavzu bo’lim yoki bobdan so’ng o’quvchilarni o’zlashtirishiga qarab didaktik kartochkalar va testlardan foydalanadi. Iqtidorli o’quvchilar bilan alohida ish olib boradi. Bulardan Mustafoyeva Malika, Maxammadiyev Doston, Orziqulov Javohir, Abdurahimov Sardor.

       O’qituvchi tarbiyaviy sinfdan tashqari ishlarni samardorligi va sifatiga alohida e’tibor beradi. Fan bo’yicha o’quvchilari maktabdan tashqari tadbirlarda qatnashadi, turli bellashuvlarda ishtirok etadi.

8-“I” sinfida fevral oyida   “Kvadrat tenglama va uning ildizlari” mavzusida, 6-“I” sinfida mart oyida  “Ratsional sonlar ustida ko’paytirish amali” mavzularida  ochiq dasrlar  o’tkazdi.  Fevral oyida bo’lgan viloyat seminarida  8-“I” sinfida “She’riyat ummonidan dur’u javohir izladim” mavzusida tarbiyaviy soat  o’tkazdi.

       O’qituvchi  sinf o’quvchlari, ota-onalari  bilan doimo  suhbatlar o’tkazib boradi   va  ularni  darsga  jalb  etib boradi.O’quvchilarga  o’ta  mehribonlik  va  jonkuyarlik  bilan  yondashadi. O’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda kelajakka va vatanga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda katta yordam berib kelmoqda.

O’IBDO’:                                     Qosimov J.M