Bog‘cha sahnasi bayramona bezatilgan. Markaziy devorga “ Xayr bog‘cham, salom maktab” yozuvlari aks ettirilgan. Atroflariga gullar qo‘yilgan. Bolalar sahnaga ohista yangrayotgan “Xayr bog‘cham“ musiqa fonogrammasiga quyidagi she’rlar o‘qilganda birma-bir kirib keladilar.
1.Ezgulikdadir qudrat 2. Vatanimiz quchog‘ida
Dilda yo‘q gina-qudrat O‘sib –ulg‘ayib shodon
O‘ylagani yaxshilik Maktab tomon yo‘l oldi bugun
Fe’li kengdir shu sabab Jajji go‘zal Parizodaxon
Mard o‘g‘lon Azizjon
3. Tishi ham tushib ketdi 4. Bog‘larimiz oralab
Bo‘yi ham o‘sib ketdi Gullar terdi dastalab
Yoshi ham bo‘ldi yetti Gullarning eng sarasin
O‘yinqaroq Shoxijaxon Opasiga berdi dastalab
Sho‘x-shodon Dilnozaxon
5. O‘ylagani yaxshilik 6. Jajjigina o‘zlari
Fe’li kengdir shu sabab Kulib turar ko‘zlari
Bilimga chanqoq o‘g‘lon Oydekkina o‘zlari
Biling bu bizni Og‘abekjon Shiringina Xadichaxon
7. Vatanimiz Quchog‘ida 8. Bog‘chada ta’lim olgan
O‘sib-ulg‘ayib shodon Xulqlari a’lo bo‘lgan
Maktab tomon yo‘l oldi bukun Yaxshi o‘qish niyati
Botir o‘g‘lon Ruslanjon Botir o‘g‘lon Jahongirjon
9. Biyron tillaridan 10. Burro-burro so‘zlaydi
Toza dillardan Kelajakni ko‘zlaydi
Sho‘xlikni aslo qo‘ymas Bu zehni o‘tkir Habibjon
Go‘zal qizimiz Muxlisa
11. Asalgina so‘zlari 12. Oy bo‘ladi moy bo‘ladi
Porlab turar ko‘zlari Sho‘xliklari soy bo‘ladi
Oydekkina o‘zlari Goh yugurar aylanib
Shiringina Aminaxon Arg‘imchoqqa boylanib
Jasur o‘g‘lon Lochinbek
13. Ezgulikdadir qudrat 14. Xuddi bog‘lar gul chechagi
Dilda yo‘q gina-qudrat Qirlarda yo lolalar
Maktab tomon yo‘l oldi O‘zbekiston kelajagi
Yoshi 7 ga ham to‘ldi Paxlavon o‘g‘lon Sherjalol
Istarali Barnoxon
15. Qora munchoq ko‘zlari 16. Bog‘chada ta’lim olgan
Lola misol yuzlari Xulqlari a’lo bo‘lgan
Ertak aytib to‘ymaydi Yaxshi o‘qish niyati
Buvisini qo‘ymaydi baxodir o‘g‘lon Behro‘zjon
Shirin qizaloq Nafisaxon
17. Guruximiz go‘zali 18. Kuylashib – o‘yin tushib
Jahongir: Hurmatli ota-onalar va mehmonlar, bog‘cha xodimlari-yu, jajji bolajonlar.qalbi qaynoq murabbiylar. Mana bugun biz maktabga ketish oldidan xayrlashish kechasiga yig‘ilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.
Muxlisa: To‘g‘ri Jahongir bugungi kun hech kimning yodidan chiqmaydi, go‘daklik chog‘imizdan tarbiyalab ta’lim olishga o‘rgatgan
Hamma: Mo‘tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz
Donobek: Meni tanimadingizmi? Men bo‘lajak buyuk ixtirochi Donobek bo‘laman, mana bu men yasagan qurilma Bu qurilmam bilan kelajakka sayr qilsam bo‘ladi
Boshlovchi: Voy, rostdanmi?
Donobek: Xa rostdan.
Boshlovchi: Voy bolalar sizlar ham xohlaysizmi sayoxat qilishni
Bolalar: Xa
Donobek : Qani unda ketdik
Boshlovchi: Voy bolalar qayerga kelib qoldik.
Donobek: Mana bolajonlar qurilmam o‘z kuchini ko‘rsatdi.
Boshlovchi: bolajonlar atrofga qaranglar, hamma joy elektronlashtirilgan, ttexnologiyalashtirilgan. Biz hozir kelajakka kelib qoldik.
Musiqa sadosi ostida robot kirib keladi
Robot: Voy bolajonlar Meni tanidingizmi? Men XXI asr robotiman meni yurtimga xush kelibsizlar Bu yerda nimalar bo‘lyapti?
Boshlovchi: Bayram bo‘lyapti
Robot: Kelinglar unda bayramni birga o‘tkazamiz. Bolajonlar bu yerga qanday kelib qoldingiz?
Boshlovchi: Biz ixtirochi Donobek bilan shu yerga kelib qoldik.
Robot: Bu yerda ixtirochi. Aqlli. Bilimdon bolalar kelishar edi.
Boshlovchi: Juda to‘g‘ri bizning bolalar ham aqlli va biliga chanqoq
Robot: Unda menga biror nima ko‘rsatib bering-chi?
Boshlovchi:Janob robot bolajonlar ijrosidagi rus tilida qo‘shiq bilishadi, raqs tushishadi.
Robot: Qani unda bir xordiq chiqaraylikchi.
Qo‘shiq: “Do svidanya, detskiy sad”
Shlyapali bolalar raqsi
Boshlovchi: Janob Robot bundan tashqari bolajonlarimiz mana bu harfli bo‘g‘inlar tasvirlangan kubiklardan foydalanib ba’zi so‘zlar yasashni ham bilishadi.
Ta’limiy o‘yin “Kubikni yig‘”
Boshlovchi: Ko‘rdingizmi janob robot bizning bolalar juda ham aqlli hamda epchil.
Robot: voy sizlar bu so‘zlarni bilgansizlar. Meni ham sinovimdan o‘tingchi? (Konvert tarqatdi) Bu konvertda sehrli harflar bor. Unda sizlarning ismlaringiz namoyon bo‘ladi. Siz o‘z ismingizni hosil qilishni bilasizmi?
O‘yin: “Ismingni top!”
Boshlovchi: Janob robot endi bolalarimiz ijrosida “Qo‘g‘irchoq” raqsini tomosha qilamiz.
Raqs: “Qo‘g‘irchoq”
Muxlisa: Do svidanya, Detskiy sad!
Nauchili nas v sadu
Mnogomu na svete
Kak chitat i kak pisat
Kak drujit vsem detyam!
Nafisa: Yuzimz yal-yal yonib,
Odilaymiz mardona
Qo‘limzda so‘mka bor
Biridachi guldasta
Maktab tomon chopqillab
Yuguramiz, shoshamiz
Shinam sinflar ichra
Biz bilimlar olamiz
Zaxro: Aziz ota-onalar , shirin-shakar bolalar
Bugun bayram tantana , ham katta shodiyona
Bog‘chamizda zo‘r bayram , mehmonlar ham jamuljam
Tezroq yangra qo‘ng‘iroq , biz maktabga boramiz
Boshlovchi: Janob robot bu bolalar endi maktabga tayyor. Mana bu buyumlar orasidan o‘zlariga ya’ni maktabga kerakli buyumlarni topa olisharmikan? Keling bir sinab ko‘ramiz.
Harakatli o‘yin: “Kim birinchi yig‘adi”
Qizlar ijrosida raqs: “Xorazmcha”
Boshlovchi: Janob robot bu bolalar xattoki sanashni va xisob-kitob qilishni bilishadi. Hozir men bir qancha topishmoqlar aytaman. Sen ham javobini topib ko‘r.
Topishmoq:
1 Misol: Qorga yiqildi Vali, uning ketidan Ali ,
Keyin yiqildi Jabbor, qorda qancha bola bor.(3ta).
2 Misol: Tushlikka quyonchaga tashrif buyurdi do‘sti.
To‘nkaga o‘tirvolib, sabzini mazza qilib,
Har biriga beshtadan, yedilar qarsillatib
Kim bilar sanog‘ini, nechta yeyilgan sabzi.(10ta).
3 Misol: Menda bordir besh pufak, birin berdim Nodirga.
Menda hammasi bo‘lib, nechta qoladi pufak? (4ta).
Robot: voy topishmog‘ingiz juda ham oson ekan. Qani mening qiyin amallarimni yecha olisharmikansiz?(bolalarga hisob-kitob amallari tasvirlangan kartochkalar tarqatadi)
O‘g‘il bolalar ijrosida “Xorazmcha” raqs
Behro‘z: Xayr g‘uv-g‘uv mashinam
O‘rtoq bo‘lgansan sen ham
Maktab yoshiga yetdim
Endi o‘qiyman men ham
Aziz:
Boshlovchi: Bolajonlar endi o‘z zamonimizga qaytadigan vaqt bo‘ldi. Qani Donobek ixtiro qilgan qurilmangni ishga sol.
Robot: Xayr. Bolalar
Hamma: Xayr. Xayr
Boshlovchi: Mana bolajonlar o‘z zamonimizga yetib keldik.
Qo‘shiq: “Xayr bog‘cham – bog‘cha opam”
Arabcha raqs
(To‘satdan ZO‘R TV kanali “Mening Onam” ko‘rsatuvi ijodkorlari kirib kelishadi. Ko‘rsatuv lavxasi saxnalashtiriladi)
Tadbir so‘ngida bolalar “Xayr bog‘cham” musiqa sadosi ostida raqs tushadilar.