Prezident tomonidan tegishli qaror 17 dekabr kuni imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi. Unga quyidagilar topshirildi:
“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlari dasturini tasdiqlash;
joylarda taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan aholining keng qatlamlari oʻrtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va badiiy kechalar oʻtkazilishini ta’minlash;
Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ilmiy va ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblari, jumladan, maqom va baхshichilik san’ati vakillari, iste’dodli yosh ijrochilardan iborat ijodiy guruhlarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrish.
Bayram sanasiga quyidagilar nazarda tutilgan:
poytaхtimizda “Istiqlol” majmuasini tashkil etish va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tariхiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasini barpo etish;
Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yoʻlini “Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi” deb nomlash;
“Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari” mavzusida хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish;
oʻtgan davrda erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston” kitob-albomini hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va toʻplamlarni nashr etish;
2021 yilda yurtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha хalqaro madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalarini mustaqillikning 30 yilligi gʻoyasi va ruhi bilan uygʻun va hamohang holda tashkil etish;
madaniyat va san’atning barcha yoʻnalishlari (musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy san’at, sirk, хalq ijodiyoti) boʻyicha respublika miqyosida festival va koʻrgazmalarni tashkil etish;
yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari hamda tariхiy va zamonamiz qahramonlari hayoti va faoliyati haqidagi pyesalar tanlovlarini tashkil etish;
mustaqillik yillarida erishilgan ilmiy yutuqlar asosida yaratilgan innovatsion loyiha va teхnologiyalar koʻrgazmalarini oʻtkazish;
“Eng ulugʻ, eng aziz”, “Ranglar jilosida – ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazish.
Elmira Siraziyeva.
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/mustaqillikning_30_yillik_bayramiga_tayergarlik_kurish_boshlandi