Milliy an`analar va bayramlar.“Milliy kiyimlarni bilasizmi?”

Milliy an`analar va bayramlar.“Milliy kiyimlarni bilasizmi?”

Mashg`ulotning ilmiy maqsadi: O`zbek milliy an’ana va bayramlari haqida ma’lumot berish.
Ularning lug`at boyligini oshirish. O`zbek milliy urf-odatlari va xalq og`zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish.

Mashg`ulotning tarbiyaviy

maqsadi: do`stona munosabat va ijodiy muhit yaratish, vatanparvarlik

va insonparvarlik g`oyalarini singdirish.


Mashg`ulotning rivojlantiruvchi

maqsadi: o`quvchilarning mustaqil fikrlash ko`nikmalari va ijodiy

tafakkurni rivojlantirish, topqirlikka o`rgatish. Ifodali o`qish

ko`nikmalarini rivojlantisih.

Mashg’ulotning jihozi: bayramlar va milliy urf-odatlar, milliy kiyimlar haqidagi slaydlar, rasmlar, marker, vatman qog`oz
Mashg`ulot o`tkazish metodi: suhbat, amaliy metodlar


Mashg`ulotning borishi:

O`quvchilar: Assalomu alaykum

O`qituvchi: Vaalaykum assalom, bolajonlar,

Salom berish bu a’lo alomat,

Salom berganlar bo`ling salomat.

Bugun barcha sog`lommi?

Mashg`ulotga tayyormi?

O`quvchilar: Barchamiz zukko, dono,
O’qishlarimiz a’lo.
Hammamiz mashg`ulotga tayyor,
Bo’lamiz epchil, hushyor.
(
Milliy an`analar va bayramlar.“Milliy kiyimlarni bilasizmi?”
 slayd namoyish etiladi va undagi fikr o`quvchilarga o`qitiladi)
1-slayd
So`ngra “Aqliy hujum” metodiga murojaat etiladi.
Savollar:
1. Milliy an`analar va bayramlar deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday milliy kiyimlarni bilasiz?
Har bir o`quvchiga tarqatmalar beriladi. Ular tarqatmaga dastlab milliy an’ana va urf-odatlarni yozadilar.



Shundan so`ng har bir o`quvchi milliy an’ana va urf-odatlar, milliy kiyimlar va bayramlar haqida ma’lumot beradilar.
An’analar va urf-odatlar
O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda o’zi bilan birga mezbonning bolalari uchun shirinliklarni olgan yaxshi.

Odatda faqat erkaklar bilan qo’l berib so’rashishadi. Ayollar hamda uzoqroq o’tirgan kishilar bilan o’ng qo’lini yuragiga qo’yib, boshini ohista egib salomlashish lozim. Qo’l berib so’rashish paytida an’anaga ko’ra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli to’g’risida so’raydilar. Qishloq joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga o’tirmaydilar. Ayollarning go’zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko’rsatadigan o’ringa o’tirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo’lsa, shunchalik hurmatli bo’ladi.
Urf-odatlar
O’zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo’yi o’zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg’unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o’ta o’ziga xos, yorqin va turli-tuman bo’lib, urug’chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, bolaning tug’ilishi va tarbiyasi (beshik to’yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to’yi, to’y) bilan bog’liq bo’ladi. Islom qabul qilinganidan beri ko’pgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning ta’sirida o’zgargan, o’zbeklarning hayotiga musulmon diniy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig’iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o’qiladi.
Beshik to’yi
B
 eshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qadimgi va O’zbekistonda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi.
Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’ng yelkasiga uzatadi, u esa  beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.
Bayramlar
Eng muhim davlat bayrami – Mustaqillik kuni 1 sentyabrda tantanali nishonlanadi. Har yili 8 dekabr kuni 1992 yilda mustaqil O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi xotirasiga nishonlanadi. qo’pgina boshqa davlatlardagidek, 9 mayda G’alaba kuni – Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi. Ro’za tugashi bilan bog’liq bo’lgan bayram – ramazon hayit va qurbon hayit keng bayram qilinadi. Qurbon hayit eng ahamiyatli musulmon bayramlaridan biridir. Shu kuni belgilangan marosimlar va urf-odatlarni bajarganlaridan keyin musulmonlar mehmonlarga boradi yoki o’zi mehmon kutadi, kasallar, yolg’izlarga yordam beradi, yaqinlariga rahmdillik qiladi. «Ramazon hayit» — ma’naviy va ruhiy poklanish bayrami nihoyatda go’zaldir. U islom qonunlariga ko’ra musulmon hijriy yilning 9-oyiga to’g’ri keladigan 30 kunlik ro’za  tugaganda boshlanadi. Bshu bayram kunlari o’lganlarni xotirlash kasallar, qarilarni ziyorat qilish, xayriya va boshqa ezgu ishlarni qilish odat bo’lgan.
Navro’z bayrami

Eng qadimiy xalq bayrami bo’lgan Navro’z («Navro’z bayrami») 21 mart kuni, bahor kunu-tun tengligi paytida nishonlanadi. Bu tabiatning uyg’onishi, ekin ishlarining boshlanishi bayrami bo’lib, marosimlarida zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan. Qadimgi O’zbekistonning ziroatchilik vohalarida har bahor faslida katta sayllar, bayramona bozorlar tashkil etilgan. An’anaga ko’ra uylarda hozir ham «bo’g’irsoq» pishiriladi va marosim taomi – «sumalak» tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning paytida ham o’tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval ho’kizlarning shoxlari va bo’yinlariga moy surtiladi. Birinchi egatni mahallaning eng e’tiborli va qari a’zosi o’tkazadi. Davlat mustaqilligi davri mobaynida Navro’zni nishonlash yangicha ko’lam va teranlikka ega bo’ldi. U do’stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka-ukaligining umummilliy bayramiga aylandi. Yorqin rang-barang teatrlashtirilgan tomoshalarda Navro’zning falsafiy-shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o’rni anglab ko’rsatiladi.
 

Kiyim
Mahalliy xalqlar kiyimlarining o’ziga xosligi azaldan iqlimiy, maishiy sharoitlar va urug’-qabila an’analari bilan belgilanar edi. XIX asrdayoq kiyim (to’nlar, ko’ylaklar, yaktaklar) arxaik xususiyatlarga ega edi: keng, butunligicha bichilgan, uzun kiyim bo’sh tushib turib, inson tanasining shakllarini yashirib turar edi.  Kiyim bir tariqa tikilgan: erkaklar, ayollar, bolalarning kiyimlari, yozgi va qishki kiyimlar shakli va bichilishi, tikilishi o’xshash bo’lar edi. An’anaviy milliy erkak kiyimi belbog’ bilan bog’langan, qavilgan issiq to’n – chopon, do’ppi nomli bosh kiyimi va nafis charmdan tikilgan etikdan iborat edi. Erkaklar to’g’ri bichilgan yaktaklar, ostki va ustki choponlarni kiyar edilar. Chopon yengil yoki issiq, paxta qo’shib qavilgan bo’lishi mumikn edi. Chopon yonidan yurish va yerda o’tishi oson bo’lishi uchun kesiklar bor edi. Chopon odatda belbog’ — qiyiqcha ro’mollari bilan bog’lanar edi. Bayramona milliy kiyim har kungidan foydalangan matolarning go’zalligi va nafisligi, bezaklari va kashtalari kabilar bilan ajralib turar edi.

Ayollarning milliy kiyimi chopon, to’g’ri bichilgan va xonatlasdan tikilgan qulay ko’ylakdan, pasti torayib boradigan keng yupqa ishton – lozimdan iborat. Ayolning bosh kiyimi uchta asosiy qismidan tarkib topgan: qalpoqcha, ro’mol va kallapo’sh. bayramona ayol kiyimi tikilgan matolarining nafisligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi.

Bolalarning kiyimlari kattalar kiyimini takrorlar edi. Umumiy xususiyatlari bilan birga har bir tuman yoki qabiladagi kiyimlar ishlatiladigan matosi, bichish shakli va usuli va shu kabilardan iborat bo’lgan farqli xususiyatlariga ega bo’lgan.
Bosh kiyim (do’ppi)
O’zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan biri har doim do’ppi – adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo’lgan edi. Do’ppi o’zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo’lib, o’zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do’ppi (turkcha tepa so’zidan) nafaqat o’zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do’ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari. Keksa ayollar bu bosh kiyimni kiymaydilar. Bolalarning do’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do’ppi, kallapo’sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko’pligi bilan farqlanadi. O’zbek do’ppilarining eng ko’p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to’rt qirrali do’ppilardir. Do’ppilar bikki yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki odiiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do’ppi tikish san’atini avvaldan ayollar o’rganar edi. Do’ppilardagi eng ko’p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo’lgan bodom naqshi kiradi. Do’ppilarning naqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham tez-tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan do’ppilar o’zining shakli, naqshlari va tanlangan ranglari bilan farqlanadi. O’zbekistoning ko’pgina tumanlarida chust do’ppilari eng ko’p uchraydi. Chust do’ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to’rt dona qalampir shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo’lib, pasti qator joylashgan gumbazchalar bilan o’ralgan. Do’ppining uchta turi mavjud – dumaloq, to’rt qirrali dumaloq do’ppilar va cho’zinchoq qalpoqcha. Chust do’ppilari naqshining keskinligi bilan (bodom donasi to’la, mo’ylovchasi kalta va keskin burilgan)va pastki chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg’ona vodiysi do’ppilarining boshqa turlari – «Sandali», «Akka ikki so’m», «Chimboy», «Surkachekma» va boshqalar naqshlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Samarqand do’ppilari «piltado’zlik» uslubiyotida bajarilgan. Do’ppilarning boshqa turlari ham bor urgutcha «qalpoq», Buxoroning zar tikilgan do’ppilari, shahrisabzcha «gilam do’ppi», Kitol va Shahrisabz do’ppilari «sanama» va «chizma», «taq’ya», «tayxa», «chumakli», «kush» – Xorazmning erkaklar va ayollar do’ppilari. Do’ppilarda eng ko’p tarqalgan naqshlar qalampirnusxa do’ppi (poklik va barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar, bulbul, qush naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go’zallik ramzi), muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.
 


O`quvchilarning javoblariga qarab turli nominatsiyalar beriladi: “Eng zukko o`quvchi”, “Eng latofatli o`quvchi”, “Eng hozirjavob o`quvchi”
O`qituvchi: Azizlarim, keling mashg`ulotimiz so`nggida milliy kuy va qo`shiqlardan kuylaymiz.

O`quvchilar ijrosida laparlar kuylanadi.

Uyga topshiriq: Navro`z bayrami haqidagi rivoyatlarni o`qish.