Assalomu alaykum qalbi daryo ustozlar, aziz maktabdoshlar. Biz bugun azim Buxoroning nufuzli ilm maskani bo’lmish qadrdon maktabimiz sahnasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovlarini o’tkazyapmiz. Biz va sinf qizlari o’zimizning kuch va mahoratimizni sinamoqdamiz.
Bizning qizlar otalarning erkasi
Bizning qizlar onalar yordamchisi
Bizning qizlar lobar, chevar,
Bizning qizlar mehnatsevar
Bizning guruh: ………
Bizning shior: Intilganga tole yor
Keling do’stlar tanishaylik yaqindan
Keling do’stlar bellashaylik adolatdan
(Yana mavzuga oid she’r va qo’shiqlar, o’yinlar ijro etiladi)
2-shartda har bir mofda namoyishiga chiqqan qizga uning xarakteriga moslab boshlovchi she’r o’qiydi:
Budur bizning Saida
Uzun sochli xushqomat.
Iqtidorli u juda
Unga tilaymiz omad
Budir bizning Sakina
Daftarlari to’la besh
U urishqoq va ishchan
Omad bo’lsin unga esh
Budir bizning Nigora
Puxtadir qilgan ishi
Zukkolikda tengi yo’q
G’olib bo’lish xoxishi
Budir bizning Madina
Intiluvchan u har on
Darrov qiladi gina
Biroq juda mehribon
Budir bizning Ferangiz
U bo’lajak raqqosa
Shuni bilib qo’yingiz
U uyalchangdir rosa
Budir bizning Munavvar
Qalbi tongday beg’ubor
Bilimdonlikda sarvar
“Intilish” unga shior
Budir bizning Gulbahor
Qalbi she’r bilan hamroh
U oq kongil, odobli
She’ridan olar panoh
Budir bizning Sharofat
Nozikkina, erka qiz
So’zlashi jonga rohat
U oilada yolg’iz
3-shart bo’yicha qizlarning raqs mahoratlari namoyish etiladi va hakamlar tomonidan baholanadi
Shart
-She’riyat qadim buyuk so’qmoq ekan….. degan ekan bir shoir. Darhaqiqat she’riyat ummoni keng, sarhadlari cheksiz. Bizning qizlar she’riyatga juda qiziqishadi. Sizlarga hozir Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor.” She’rini aytib bermoqchimiz. Marhamat tinglang
shart Dasturxon tuzash-ushbu shartda qizlarning qanday mehmon kutishlari, yoki qanday dasturxon ustini bezashlari sinovdan o’tkaziladi. Bunda har bir narsaning qayerda va qanday joylashtirilganiga hakamlar hay’ati qat’iy e’tibor berishlari zarur.
Sahna ko’rinishida mavzudan kelib chiqqan holda qizlarning aktiyorlik mahorati kuzatiladi.
shart Tort bezashda sharoitdan kelib chiqib, qizlar buni og’zaki tushuntirsalar ham bo’ladi
shart Ovqat pishirish shartida qizlarga maxsus konvertlar beriladi. Konvertlar ichida ma’lum bir yoki ikkita ovqatning nomi yozilgan bo’ladi. Qizlar shu ovqatlarning qanday tayyorlanishi haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Hakamlar hay’ati ushbu shartni baholashda mahsulotlar ketma-ketligi va necha kishiga mo’ljallanganligiga e’tibor beradilar.