Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram — sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.
Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan
o’tkazadigan Navro’z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va
cheksiz saxovatining, ko’p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning
betakror ifodasi bo’lib kelmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bo’lgan Navro’z falsafasi xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muravvat va himmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar davomida qanday buyuk umuminsoniy g’oyalardan bahramand bo’lib, ma’naviy kamol topganining yana bir tasdig’idir, desak, hech qanday xato bo’lmaydi.
Aslida, har qanday an’ana, urf – odat hamda rasm – rusumlar muayyan
hayotiy zarurat tufayli paydo bo`lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi,
ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu – istaklarining ifodasi bo`lib, ketma – ket
kelguvchi avlodlar ma’naviy – axloqiy qiyofasining shakllanishiga ham hal
qiluvchi ta’sir o`tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun – mohiyatida xalqni, elatni
ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas g`oyalar yotadi. Ular
davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday an’analar
borki ular o`zining ijobiy ta’siri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga
ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko`tariladi.
Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.
Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh
bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.
“Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi.
Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan
kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun
ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz
Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z
asarlaridan asoslab berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ”Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar “ Umar Hayyomning “ Navro`znoma “ , Abulqosim
Firdavsiyning “Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “ Navro`znoma “, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf – odat, rasm – rusumlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov xalqqa va uning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan xurujlarga dadil qarshi chiqib, Navro`zni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash lozimligini qat’iy aytganidan keyingina bu ko`hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh – la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
Turli manbalar asosida Azamat To’liyev tayyorladi.
fayl.zn.uz