Dars mavzusi :Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

Dars mavzusi :Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.
 Maqsad:
1) Ta`limiy: O’quvchilarni bobomiz Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish.Mavzu yuzasidan tushuncha berish.

2) Tarbiyaviy: O’quvchilarning ajdodlardan qolgan madaniy ,ma’naviy meroslarga hurmat hissini shakllantirish.

3) Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning erkin fikrlash,o’z fikrini erkin bayon eta olish,og’zaki nutq malakalarini rivojlantirish.

Dars jihozi:Adabiyotlar,A.Navoiyning portreti, hayoti tasvirlangan rasmlar,Navoiy asarlari,slaydlar.

Dars usuli:Tushuntirish,savol-javob,suhbat,klaster.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism : O’quvchilar darsga tayyorlanib olinadi,navbatchi axboroti tinglanib,yo’qlama qilinadi.Tashkiliy suhbat uyushtiriladi.

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Oybekning “Bolalik” qissasi yuzasidan savollar beriladi:

1.Oybekning bu asari qachon yozilgan? 2.Qissa sizda qanday taassurot qoldirdi?

III. Yangi material ustida ishlash.

-Alisher Navoiyni nima uchun g’azal mulkining sultoni deb ataymiz?

-Alisher Navoiy hayoti va ijodi nima maqsadda o’rganiladi?

-Sizningcha,Alisher Navoiyning buyukligi nimada?

-Navoiy merosining qanday ma’naviy ahamiyati bor? Mavzuga oid ma’lumotlar slaydlar orqali ko’rsatilib tushuntiriladi.

1-slayd:

Alisher Navoiyning bolaligi

1441-yil 9-fevralda Hirot shahrining Bog’i Davlatxona deb atalmish joyida tavallud topgan.

4-5 yoshida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini sevib mutolaa qilgan.

8-9 yoshidan boshlab she’rlar mashq qila boshlagan.
2-slayd.

Alisher Navoiy 12 yoshida

“Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim,paydo bo’lur yulduznihon bo’lg’och quyosh…”

Matla’si bilan boshlanuvchi g’azali bilan “Malik ul-kalom” mavlono Lutfiy e’tirofiga sazovor bo’lgan.
3-slayd

A.NAVOIY-DAVLAT VA JAMOAT ARBOBI.

1469-YILDA MUHRDOR.

1472-74-YILLARDA VAZIR.

1478-80-YILLARDA ASTROBODDA HOKIM LAVOZIMLARIDA FAOLIYAT KO’RSATGAN.

DO’STI HUSAYN BOYQARO UNGA “AMIRUL-KABIR”(ENG BUYUK AMIR), “AMIRUL-MUQARRAB” (PODSHOHGA ENG YAQIN AMIR) UNVONLARINI BERGAN.

4-slayd:

A.Navoiy-davlat va jamoat arbobi.

A.Navoiy- ilm ma’rifat homiysi,xalqparvar shoir.U el-yurt tinchligi,xalq farovonligi yo’ida juda ko’plab xayrli ishlarni amalga oshiradi.

Ko’plab madrasalar,masjidlar,shifoxona,kutub-xona ,ko’priklar qurdirgan,ariqlar qazdirgan.
Alisher Navoiy 1483-85-yillarda turkiyda ilk va yagona “Xamsa” (Beshlik) asarini yaratdi.
Alisher Navoiy-tilshunos olim.

A.Navoiy “Muhokamatul-lug’atayin” (Ikki til muhokamasi) asarida turkiy va fors tillarini qiyoslab,turkiy tilning go’zalligini,nafis va jozibador,boy til ekanligini isbotlab bergan.

“Mezon ul-avzon” va “Tarixi mulki ajam” asarlari haqida

“Mezon ul-avzon” asari adabiyotshunoslikka bag’ishlangan bo’lib,aruz vazni,uning ruknlari haqida limiy ma’lumot berilgan.

Alisher Navoiy o’zining “Tarixi mulki ajam” (Ajam shohlari tarixi) asarida Eron shohlari haqida keng ma’lumot berilgan.


“Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri,shoir desak,shoirlarning sultonidir” .

Islom Karimov.

“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.


IV.Mustahkamlash:
Ish musobaqa usulida tashkil qilinadi. O`quvchilar “Nazm” , “Navo”,

“Sharq she`riyati yulduzlari” guruhlariga bo`linadi
Aqliy Hujum
Savollar.

Nazm guruhiga:

Navoiyning to`liq ismi? (Nizomiddin)

Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni “Shams ul- millat” deb ataydi. Buning ma`nosi nima? (Millat quyoshi).

“Foniy” taxallusining ma`nosini ayting? (“Fano“ — yo`qlik, vaqtincha so`zidan olingan)
Navo” guruhiga:

1.”Navo” so`zining ma`nosi ? (Kuy) Alisher Navoiy bolaligida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asaridan tashqari yana kimning qaysi asarini qiziqish bilan o`qiydi. (Sa`diyning “Guliston”, “Bo`ston”).
Sharq she`riyati yulduzlari” guruhiga;

Navoiy o`z asarida Samarqandni nima deb ataydi? (Firdavsmonand, ya`ni jannat misol deb ta`riflaydi).

“Hayrat ul- abror” dostonining ma`nosini ayting? (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”).

Alisher Navoiyning “Xamsa” asari qachon yaratilgan? ( 1483-1485-yillar oralig`ida ).

Savol- javobdan so`ng “Klaster” usuli orqali guruhlar ishi nazorat qilinadi.

“Nazm”guruhi Alisher Navoiy asarlari, “Navo” guruhi Alisher Navoiy g`azallarini klasterga joylashtirib chiqishadi “Sharq she`riyati yulduzlari” guruhi esa “Shoirlar ijodida Navoiy madhi” sharti bo`yicha bilimlarni namoyish etadi
El-yurt baxtin bilgay saodat

Sinovlarga qilgaydir toqat,

Kamtarlikni aylagay odat

Navoiyni o`qigan odam.

Vaqt g`animat o`tkazmang bekor,

She`r, g`azalni yod oling takror.

Topar dardi hasratiga kor

Navoiyni o`qigan odam.

Turk nazmida yurg`izib qalam,

Ayladi ul mamlakatni yakqalam.

G`azallari zavol bilmagan

She`riyat sultoni Navoiy bobom
 
Bahs-munozara

Savollar.

1.”Nazm“ guruhiga:

Savol: Yurtimizda Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq qanday joy va mussasasa nomlarini bilasiz?

Javob: Navoiy viloyati, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Alisher Navoiy nomidagi milliy bog`…

2. “Navo” guruhiga:

Alisher Navoiy haqida zamondoshlar fikrini keltiring.

3.”Sharq she`riyati yulduzlari” guruhiga:

Savol: Alisher Navoiy sharafiga qayerlarda yodgorlik haykallari o`rnatilgan?

Javob: Toshkent shahrida, Navoiy viloyatida, Ozarboyjon Respublikasi poytaxti Bokuda, Yaponiya poytaxti Tokioda, Rossiya poytaxti moskva shahrida.

Darsa yakunida “Bugungi darsda siz Alisher Navoiy haqida nimalarni o`rgandingiz?” degan savolga o`quvchilar javobi olinadi.

Ballar jamlanadi. G`olib guruh aniqlanadi.
Savol-javob:
1.Alisher Navoiyning hayoti va ijodini nima uchun o’rganishimiz kerak?

2.Alisher Navoiyni komil insonlar qatoriga qo’shsak bo’ladimi?Nima uchun ?

3.Navoiy asarlarini qanday ma’naviy ahamiyati bor?

V.Darsni yakunlash: O’quvchilar ishtirokiga ko’ra baholanadi.

VI.Uyga vazifa: Navoiy hayoti va ijodini o’rganish,g’azal va ruboiylaridan yod olish
Toshkent shahar
Uchtepa tumanidagi
107- ixtisoslashtirilgan maktabning
o`zbek tili o`qituvchisi R.G Ahmedovaning
“Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida
tayyorlagan dars ishlanmasi