Assalomu aleykum aziz murabbiylar, hurmatli ota-onalar davramizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar. Bugungi 1-“V” sinf o’quvchilarining Savodxonlik bayramiga xush kelibsiz.
Bahrom:
Assalomu aleykum aziz mehmonlar,
Otalar, onalar qalbi go’yo ummonlar.
Assalom ustozlar, siz mehribonlar,
Assalom sizlarga, ey jonajonlar.
Muborak ayyomingiz,
Dillar quvonchga to’lsiz.
Alifbe bayramingiz,
Barchaga qutlug’ bo’lsin.
Komila:
Shukr erk quyoshi chiqib boshingga,
O’z haqqing huquqing o’zingga qaytdi.
Bayrog’ing gerbingni baland ko’tarib,
Xalqing madhiyangni quvonib aytdi.
O’qituvchi:
Mening gul-u g’uncham qizg’aldoqlarim,
Rayhon isli nafis atirgullarim.
Dil qo’rim, ko’z nurim, aytar so’zimsiz,
Mana bugun ushaldi, o’qishdek armon.
Xat, savod chiqarib qo’ydik nogahon,
Siz tayanch, siz suyanch mukammal qo’rg’on.
Vatanga munosib bo’ling soyabon!
O’quvchilar o’zingizni muzyorar metodi orqali tanishtiring?