Konstitutsiya haqida qiziqarli ma lumotlar

Yaponiya Konstitutsiyasi



Garchi Yaponiya Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, Yaponiya kelajakda urush olib borish huquqidan hamda quruqlik, dengiz va havo harbiy kuchlar tuzish huquqidan abadiy vos kechgan bo’lsada, bugungi kunda Yaponiya harbiy harajatlari bo’yicha dunyoda 5-o’rinda turadi ($ 58,97 mlrd).Yaponiyaning amaldagi konstitutsiyasi Ikkinchi jahon urushidan so’ng qabul qilingan, matn asosan g’olib davlat AQSh yuristlari tomonidan yapon huquqshunoslar komissiyasi tavsiyalarini e’tiborga olgan holda tuzilgan. E’tiborli tarafi o’tgan davr mobaynida Parlamentda konstitutsiyani milliy ruhiyatda qayta ko’rib chiqish borasida ko’p bor takliflar bildirilgan bo’lsada, shu kunga qadar konstitutsiya matniga umuman o’zgartirish kiritilmagan.Konstitutsiyaning 9-moddasida harbiy kuchlar tuzish taqiqlangan bo’lsada, hozirda faoliyat yuritayotgan O’z-o’zini mudofaa qilish kuchlar rasman Politsiyaning ixtisoslashgan qismi hisoblanadi. 2015-yilda Yaponiya Parlamenti Konstitutsiya sharxiga o’zgaritirish kiritdi va Yaponiya harbiy kuchlarini mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun horijda harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga huquqiy asos yaratildi.


Hindiston Respublikasining Konstitutisyasi



Hindiston Konstitutsiyasi AQSh Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi.Mazkur Konstitutsiya hamma xam tushana olishi juda qiyin bo‘lgan tildagi 395ta modda, 12ta ilova va 500ta tuzatishlardan iborat.Braziliya Federativ Respublikasi konstitutsiyasi


Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida «Hindular to’g’risida» deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo’lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag’ishlangan.Tub aholining urf-odatlari, yashash tarzi hamda ularning son jihatidan kamayib borayotganini e’tiborga olgan holda ularga taqdim etilgan maxsus imtiyoz va ustunliklarni bevosita konstitutsiyaning o’zida ko’rsatib o’tilgan. Mazkur imtiyozlar birinchi navbatda hindular yashayotgan tarixiy yerlarga taaluqli bo’lib, ularni ushbu joylardan har qanday usulda mahrum etish mamlakat parlamenti tomonidan hindu jamoalarning tegishli tartibda taqdim etgan xulosasi asosida amalga oshirilishi mumkin.


Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi konstitutsiyasi


Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya’ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.Ma’lumki, konsitutsiya asosiy qonun sifatida qonunchilikning umumiy me’zonlarini belgilab beradi, konstitutsiya o’zida shaxs, davlat va jamiyatning huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Biroq Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Izroil va Yangi Zellandiya kabi davlatlarda konstitutsiya yagona qonun hujjati sifatida mavjud emas, balki ular bir nechta konstitutsiyaviy qonunlar va odatlar ko’rinishidadir. Mazkur hujjatlardan birontasiga o’zgartirish kiritilishi konstitutsiyaga o’zgaritirish kiritilish sifatida qabul qilinadi.

AQSh konstitutsiyasi


AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.

AQSh Konstittsiyasining asosiy matniga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaydi, balki matn oxiriga alohida ilova sifatida qo‘shimcha kiritiladi.

AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishda belgilanishiga ko‘ra “Kongress so‘z va matbuot erkinligini cheklovchi biron-bir qonun chiqarishi mumkin emas”. AQSh Konstitutsiyasi tarixi davomida unga bor yo‘g‘i 26ta tuzatish kiritilgan xalos. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu tuzatishlarning har birining hajmi deyarli qonunga teng bo’lib, o’nlab moddalardan iborat bo’ladi. Dastlabki 10ta kiritilgan tuzatishlar «Huquqlar to’g’risidagi bill» deb nomlangan.

constitution.uz