BOLANI BOGʻCHAGA OʻRGATISH!

BOLANI BOGʻCHAGA OʻRGATISH!

Avvalambor, bolani bogʻchaga berish kerakmi yoki yoʻqmi?

3yoshgacha boʻlgan farzand ona mehriga juda muhtoj boʻlgani va bu yoshgacha boʻlgan bolalarning koʻngilchasini😊 faqat onasi topa olishini hisobga olsak bolani 3 yoshdan soʻng bogʻchaga bergan afzal. Bolani bogʻchaga berishning uning kelajagida ahamiyati katta. Chunki, u bu orqali oʻzining kelajak jamiyati bilan yuzlashadi. Har xil vaziyatlarda oʻzini qanday tutish kerakligini va hatto oʻzini himoya qilishni oʻrganadi. Uyida ovqat yemay xarxasha qiladigan bolalar ham bogʻchaga borgach, ishtahasi ochilib, harakatlari aktivlashgani guvohi boʻlganmiz.

Endi farzandni bogʻchaga berishni boshlaganda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari bilan tanishamiz:

Eng dastlabki duch kelinadigan muammo bu bola bogʻchaga borishdan bosh tortishi. Buni oldini olish uchun bolani dastlab oz vaqtga masalan, 2soatga bogʻchaga qoʻying va oʻzingiz ham u bilan qoling. Keyin birga qayting. Ertasi kuni oʻzini 2-3soatga qoldiring. Shu tariqa vaqtni uzaytirib borib bolani bogʻchaga qiynalmay oʻrgatasiz. Ammo, bunda koʻpchilik onalar norozi boʻlishi mumkin, chunki aksariyat oʻqiydigan yoki ishlaydigan onalar farzandini bogʻchaga beradi. Farzandni bogʻchaga berishni taʼtil vaqtingizga toʻgʻirlashingiz yoki ular oʻrganib qolgan buvijon yoki enaga yordamidan foydalanishingiz mumkin. Xullas, ilojini topsa boʻladi😊.


Xoʻsh tajribali onajonlar, sizda farzandingizni bogʻchaga berishda qanday muammolar boʻlgan yoki boʻlmoqda. Siz bularni qanday bartaraf etish yoʻllarini topgansiz?

Maqolani Psixoterapevt shifokor Joʻrayeva Sadoqat tayyorladi.


@Bolalarshifokori1