Jahondagi eng qiziqarli 9 bayroq haqida

Jahondagi eng qiziqarli 9 bayroq haqida


Dunyo istalgan mamlakat, hududni uning bayrog‘i orqali taniydi. Bayroq, xuddi inson chehrasi misol, o‘zida mamlakatning turmushi, o‘tmishi va buguni haqida dastlabki va ko‘pincha aniq tasavvurlarni taqdim etadi.


Mozambik


Mozambik — bayrog‘ida zamonaviy jangovar qurol (“Kalashnikov” avtomati) aks etgan jahondagi yagona mamlakatdir.


Men oroli


Buyuk Britaniya tojiga bo‘ysunuvchi Men orolining bayrog‘iga oxirgi marta XIII asr ikkinchi yarmida o‘zgartirish kiritilgan, rasman 1971-yil 27-avgustda qabul qilingan.


Nepal


Ko‘rinishi klassik to‘rtburchak bo‘lmagan jahondagi yagona bayroq. Bayroqdagi uchburchaklar ichida oy va quyosh tasvirlangan.


Svazilend


1967-yilda tasdiqlangan Afrikadagi Svazilend qirolligi bayrog‘ida oq-qora rangli qalqon bo‘lib, u oq va qora tanlilarning birgalikdagi tinch-totuv hayoti ramzidir.


Papua-Yangi Gvineya


Jannat qushining tasviri bor Papua-Yangi Gvineya bayrog‘i dizayni 15 yoshli o‘quvchi qiz Syuzen Xuxume tomonidan chizilgan.


Butan


2002-yili o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Butan bayrog‘i jahonda eng yaxshisi deb topilgan.


Shri-Lanka


Shri-Lanka bayrog‘idagi yashil va olovrang chiziqlar mamlakatdagi musulmon va hinduiy ozchilikning ramzi hisoblanadi.


Seyshel orollari


Bayroqdagi ko‘k rang — dengiz, sariq rang — quyosh, qizil — birdamlik, oq — huquq ustuvorligi, yashil esa tabiatni bildiradi.


Lombardiya (Italiyadagi viloyat)


Bayroqda Val-Kamonika petrogliflari orasida eng mashhuri — Kamuna atirguli tasvirlangan. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, eng qadimiy “Kamuna atirguli” bronza davrida (miloddan 1200 yil avval) qoyalarga chizilgan.