Helix Original haqida batafsil

Internetdan ochiq ma’lumotlar bazasida izlaganimizda Helix Original nomli maxsulotiga berilgan.

?Sertifikat

?Tarkibi muovifliq sertifikati

?Sotishga litsenziya topa olmadik.

Faqat reklama va turli davlatlarda sotilgan internet magazinlardagi videorologi.

?‍?Agar rostan Original va Ishonchli preparat bo‘lsa ochiq ma’lumotlar bazasiga ushbu ma’lumotlar qo‘yilishi kerak edi.

✍️Bu maxsulot ustida tekshiruvlar faqat bitta Eurofins nomli tadqiqot agentligi tomonidan o‘tkazilganini izlab topdik. Bu tadqiqot markazi dorilarni emas ovqatga qo‘shimchalarni tadqiq qiladigan markaz xisoblanadi.

Maxsulot xaqida.

✍️E’tibor bersangiz bu OVQATGA QO‘SHIMCHA SIFATIDA ro‘yxatdan o‘tgan. Dori emas, shifobaxsh giyox emas.

?Ruschasiga pishevoy dobavka deyiladi. Masalan Galina blanka, zira, achchiq qalampirlar xam ovqatga qo‘shimchalar xisoblanadi.

Buni BAD deb qabul qilsak xam bo‘ladi. Sababi tarkibidagi maxsulotlar ko‘proq BAD ga tortadi.

Tarkibiga kelsak.

?‍? Allantoin 50 mg

Kurkuma poroshogi 100 mg

Bosviyella ekstrakti 50mkg

✍️ Allantoin — bu kosmetikada ishlatiluvchi kimyoviy sintez qilib olinuvchi modda bo‘lib tabiatda sutemizuvchilar siydigi tarkibida bo‘ladi.

Asosiy tasiri

?Terini burishgan joylarini yo‘qotadi

? Terini namligini saqlaydi

? Teri qoldiqlarini tozalaydi.

2017 yilda sintetik Allantoin kosmetikada ishlatish man qilingan. Ammo tabiiy allantoinni xanuz teriga surtuvchi kremlar tarkibida uchraydi. Asosiy maqsadi chandiq va yaralar izini yo‘qotish

✍️ Helix Original tarkibidagi Allantoin bo‘g‘im kasalliklarda qaysi ma’noda ishlatilganini bilolmadik.

?‍?Extimol ular tog‘ayni tiklaydi deb o‘ylab qo‘shishgan bo‘lsa kerak. Ammo tog‘ayni tiklovchi tarkibli moddalar butunlay boshqa va allantoinga yaqin yo‘lamaydi.

Helix Original tarkibidagi eng ko‘p 100 mg qo‘shilgan modda bu KURKUMA dir.

✍️Kurkuma ovqat sanoati va restoranlarda ko‘p ishlatiladi. Uni xalq tabobatida xam ishlatishadi. Asosiy ta’sirlari.

?Ishtaxani ochadi

?Bakteriyalarga qarshi kurashadi

? oshqozon ichak faoliyatini yaxshilaydi.

?‍?Ko‘p ma’lumotlarni taqqoslab bir joyda Kurkumani quritilgani bo‘g‘im shishida foydali degan ma’lumotni o‘qib qoldim. Extimol ispaniyalik Ixtirochilar shu xususiyatni ushlab uni shifobaxsh deyishgandir.

Uchunchi Helix Original tarkibidagi eng kam uchrovchi modda bu Bosviyelli poroshogidir.

✍️Aynan shu moddani osteartritda tasiri men juda xurmat qiladigan Koxren (https://www.cochrane.org/ru/CD002947/MUSKEL_peroralnoe-lechenie-travami-pri-osteoartrite) tadqiqotlarida tekshirilgan ekan.

?Tekshiruv natijalariga ko‘ra

?Bosviyelli serratani istemol qilgan bemorlar 100 ta bemordan 17 tasida og‘riq kamayganini e’tirof qilishgan. Aynan osteartrit va bo‘g‘im og‘riqlarida.

?‍?Ya’ni bo‘g‘im og‘riqlarida platsebo ya’ni yolg‘on dorini istemol qilganlardan ko‘ra 17 foizga ko‘p bemorlarda og‘riq susaygani e’tirof etilgan.

✍️Buni tushunishingiz uchun taqqoslash kerak.

Oddiy Ibuprofen dorisi tadqiqotlarda 86 foiz og‘riq qoldirgan. Bu esa 17 foiz.

✍️Xulosa shundayki Helix original tarkibidagi moddalar foydasi bordir ammo juda past. Va bu asosiy davolanishni o‘rnini bosmaydi. Sababi bu dori emas. Esingizdan chiqarmang bu o‘z nomi bilan Ovqatga qo‘shimcha.

@doridarmonlar