Smekta — diareya ga qarshi vosita

?Smekta — diareya ga qarshi vosita.


#Smekta

#Смекта


?DORI SHAKLI : ?


Ichga qabul qilish uchun , suspenziya tayyorlash uchun kukun.


?TARKIBI : Diosmektit.


?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?


Diareyaga qarshi vosita.


?QO’LLANILISHI ?


— Bolalar va chaqaloqlarda diareyada

— Kattalarda o’tkir diareyada

— Surunkali diareyada

— Gastritda

— Me’da va 12 barmoq ichakning yara kasalligida

— Yo’g’on ichak yallig’lanishida

— Jig’ildon qaynashida

— Qorin dam bo’lganda

— Qorinda noqulaylik xissi bo’lganda qabul qilinadi.


?QABUL QILISH USULI VA DOZASI ?


— 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 paketcha buyuriladi.


— 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 — 2 paketcha buyuriladi.


— 2 yoshdan katta bolalarga kuniga 2 — 3 paketcha buyuriladi.


— Kattalar esa o’rtacha kuniga 3 paketcha dan qabul qilsalar bo’ladi.


?Tayyorlash usuli quyidagicha ?


Paketchaning ichidagisi iste’mol qilinishidan oldin suvda eritilishi kerak :


Bolalarda 50 ml lik bolalar butilkasida qaynagan suv bilan eritiladi va biroz sovutiladi. Yoki kompot , bolalar ozuqasi, bo’tqa bilan aralashtiriladi.


Kattalarda esa paketcha ichidagisi 1/2 stakan suvda eritiladi .


Ovqat qabul qilish lar orasida qabul qilinadi .


Jig’ildon qaynaganda esa ovqatdan keyin qabul qilinadi.


?Nojo’ya ta’siri ?


— Qabziyat

— Ichakni dam bo’lishi , qusish ( kam xollarda).

— Teri toshmasi

— Teri qichishish


❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar : ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lgandaa

— Qabziyat da mumkin emas

— Fruktozani o’zlashtira olmaslik holatida.


?ESLATMA: Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin.