Teymurova pasta — mikrobga qarshi , antiseptik vosita

?Teymurova pasta — mikrobga qarshi , antiseptik vosita .


#Teymurova pastasi

#Теймурова пастаси


?Dori shakli : sirtga qo’llash uchun pasta


?Tarkibi : ?


— Bor kislotasi

— Metenamin

— Talk

— Natriy tetraborat

— Salitsil kislota

— Svinst atsetat

— Formaldegid

— Ruh oksid


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Antiseptik vosita .Mikrobga qarshi samarali ta’sir qiladi.


?Qo’llanilishi :


— Terlash holatlarda

— Ortiqcha suv hosil bo’lishini kamaytiradi ( masalan qo’l terlashi , oyoq terlashi ).

— Oyoq hidlanganda

— Oyoq panjalari ning oyoq kiyimi tomonidan urilishi ( ezilishi ) natijasida teri butunligi buzilib yallig’langan holatlarda ( ayniqsa harbiy xizmatdagi askarlar da ko’p bo’ladi , yani sapok urib teri shilinib ketish holatlari da juda zo’r effekt beradi.)

— Qo’l terisi shilinib teri butunligi buzilganda

— Bakterial infeksiya tushib teri butunligini buzib , yumshoq teri sohasini suyakka qadar o’yilib ketish holatlarida bu pasta o’z kuchini namoyon qiladi ( juda yaxshi )

— Teri butunligi buzilib irish holatlarida


?Qabul qilish usuli va dozasi


Sirtga qo’llanadi.Kattalarda va 16 yoshdan katta bolalarga tavsiya qilinadi. Preparatni qo’llashdan oldin teri butunligi buzilgan soha, oyoq terlagan soha , yoki boshqa holatda yuviladi va qurigach qo’llaniladi.

Sutkada 1 — 2 martagacha qo’llash mumkin. Qayta qo’llashdan oldin steril salfetka ( влажний ) bilan eski surilgan joyni artib olinadi va yana qo’llanadi .


?Nojo’ya ta’siri:


— Teri qichishishi

— Teri butunligi buzilmagan holatda pastaning surilgan joydagi oqishsimon ko’rinishi.

— O’ziga xos hidga egaligi.

— Teri butunligi buzilgan holatlarda terining shilinib teri osti qismi ko’rinib qolgan paytda surilsa juda kuchli simmilovchi og’riq li bo’lishi.


❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— 16 yoshdan kichik bolalarda

— Homiladorlarda va emizish davrida

— Buyrak og’ir kasalliklarida

— Qo’llashdan oldin gi gigienik holatlarga rioya qilmaganda


?ESLATMA : Bu preparat ni ta’sir kuchiga 100 % o’zim amin bo’lganman xarbiy xizmatda . O’zim amalda sinab ko’rganim uchun instruksiyasi da yozilmagan foydali xususiyatlarini ham tepada ☝️yozib o’tdim .


Bu preparatning shunchalik samarali bo’lishiga qaramay ba’zida Teymurova pastasi ham oyoq terlashi yoki hidlanishiga ta’sir qilmayapti deb qolishadi , bunaqa holatda ,, Formidron » suyuqligini oyoqqa surtish tavsiya qilinadi.