Folat kislotasi — anemiyaga qarshi vosita

?Folat kislotasi — anemiyaga qarshi vosita .


#Folat kislotasi

#Фолат кислотаси


?Dori shakli : tabletka


?Tarkibi : Folat kislotasi — 1 mg.


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Anemiyaga qarshi vosita


?Qo’llanilishi :


— Kamqonlikda

— Xomiladorlarda kamqonlikda

— Qon hosil bo’lishini normallashtirish uchun

— Ionlovchi radiatsiya natijasida vujudga kelgan kamqonlikda

— Kimyoterapiya natijasida vujudga kelgan kamqonlikda

— Dori vositalari ta’sirida yuzaga kelgan kamqonlikda

— Me’da yoki ichakni bir qismini olib tashlash yoki operatsiyasidan keyingi kamqonlikda

— Pellagrada

— Depressiya da

— Xavotirlik oshganda yordamchi davo sifatida

— Bachadon bo’yni displaziyasini davolashda


?Qabul qilish usuli va dozasi


Ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kuniga 1 — 2 tabletkadan 1 — 3 marta buyuriladi.Maksimal sutkalik doza — 5 ta tabletkagacha.


Homiladorlarga mumkin . Sutkasiga 2 — 3 tabletka qabul qilishlari mumkin.


3 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish mumkin emas. 3 yosh va undan kattalarga mumkin.


?Nojo’ya ta’siri


— Achchiq ta’mni xis qilish

— Terida toshma , qichishish

— Qon bosim ni tushishi


?Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar :


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— B12 vitamini organizmda yetishmasligi

— Xavfli o’smalarda ( rak , saratonda )

— Xavfli anemiyalarda

— Epilepsiyasi ( tutqanoq ) kasali bor bemorlarda mumkin emas.


?ESLATMA: Qandli diabet kasalligi bor bemorlar shifokor endokrinolog maslahati bilan qabul qilganlari ma’qul . Chunki folat kislotasi tarkibida glukoza saqlaydi.


Folat kislotasi ni ikkinchi nomi vitamin B 9 dir. Biz vitamin B1 , B2 , B 6 va B12 ni juda yaxshi bilamiz. Folat kislotamiz shu vitamin B 9 hisoblanadi.( Ikkovi bitta narsa ).