Glitserin suyuqligi — teri parvarishi va qabziyatni davolashda

?Glitserin suyuqligi — teri parvarishi va qabziyatni davolashda samarali vosita.


Bu glitserin turini ☝️ Ichsa bo’ladi.


#Glitserin suyuqligi

#Глицерин суюқлиги


?Dori shakli : Suyuqlik


?Tarkibi :


Glitserol


?Ta’sir qilishiga ko’ra:


Dermatoprotektor vosita


?Qo’llanilishi


— Sirtga quruq teriga parvarish qilish uchun.

— Qabziyatni davolash uchun ( ichish kerak).

— Ko’z operatsiyasidan oldingi va keyingi holatlarda qisqa muddatga ko’z ichki bosimini pasaytirish uchun.( ichish kerak).

— Glaukomani davolash uchun ( qoshimcha sifatida).

— Insultda ( yordamchi davo sifatida).

— Jigar komasida ( yordamchi davo sifatida).

— Miya shishini kamaytirish uchun ( yordamchi davo sifatida).

— Teriga surtilganda uni xo’llaydi va yumshatadi.

— To’g’ri ichakka klizma orqali yuborganda ichak harakatini yaxshilaydi va axlatni xaydaydi.

— Ichilganda qabziyatni davolaydi( ich qotganda).


?Qo’llash usuli va dozasi


— Sirtga teriga surtiladi ( quruq terini xo’llaydi va yumshatadi).


— Ichiladi ( qabziyatda, ko’z va bosh ichki bosimini pasaytirish uchun).


Preparatni ichilganda biroz sovutib ichish kerak ( ta’mini yaxshilash uchun ).


?Nojo’ya ta’siri


⭐️Sirtga qo’llaganda achishish xissi bo’lishi mumkin.


⭐️Ichilganda esa quyidagi nojo’ya ta’sirlar yuz berishi mumkin ?


— Bosh og’rigi

— Ko’ngil aynish, qusish

— Diareya

— Yurak yetishmovchiligi

— Qandli diabeti bor bemorlarda qonda qand miqdori oshishi

— O’pka shishi , chanqoqlik


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Gemorroyda

— Orqa teshik yoriqlarida

— Orqa teshik yallig’lanish xolatlarida ( klizma qilinmasligi kerak).

— Qandli diabetda mumkin emas

— O’tkazilgan miokard infarktida


?ESLATMA: Glitserin suyuqligining 2 xili bor. Bugun tashlagan glitserin suyuqligimiz ham ichiladigan va teri sirtiga surtiladigan turi hisoblanadi.

Glitserinning faqat teri sirtiga surtiladigan va ichib bo’lmaydigan turi ham bor ( kosmetik suyuqlik turi). Dorixonadan so’raganizda shu 2 xil turiga e’tiborli bo’ling.