Kalsiy glyukonati — allergik holatlarga qarshi va shamollash holatlarida

?Kalsiy glyukonati — allergik holatlarga qarshi va shamollash holatlarida qabul qilinadigan dori preparati.


#Кальций глюконат ампуаси

#Kalsiy glyukonat ampulasi


?Dori shakli : Ineksiya uchun eritma — 10 % li , 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqariladi.


?Tarkibi :


⭐️Faol modda : Kalsiy glukonati, kalsiy levulinat digidrati, kalsiy d — saxarati.


⭐️Yordamchi moddalar : Xlorid kislotasi, ineksiya uchun suv.


?Ta’sir qilishiga ko’ra : Mineral preparat.


?Qo’llanilishi


— Qalqonsimon bezi oldi bezining faoliyati yetishmovchiligida

— Organizmdan kalsiyning ko’p chiqib ketishida

— Uzoq muddatli suvsizlanishda

— Eshakyemi kasalligida

— Angionevrotik shishda

— Gemorragik vaskulitda

— Nefritda

— Kaliyning organizmda ko’payib ketishida

— Terining qichish holatida

— Qon ketishini to’xtatuvchi vosita sifatida

— Shamollaganda , a’zolar shamollashi holati kuzatilganda

— Suyaklar shakllanishida

— Allergiyaga qarshi

— Yalliglanishga qarshi


?Qabul qilish usuli va dozasi


Vena ichiga va mushak ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin ampula tana haroratigacha isitiladi. Preparatni juda sekin yuborish kerak. Ko’pincha vena ichiga yuboriladi ( sekin). Bolalarga nekroz rivojlanishi ehtimoli bo’lganligi sabab , mushakka ineksiya qilinmaydi. Bolalarga vena ichiga 1 ml dan, 5 ml gacha yuborish mumkin.( Mushakka yuborilmasin).


?Nojo’ya ta»siri


— Ko»ngil aynish , qusish

— Diareya

— Bradikardiya

— Og’iz bo’shligida va butun tanada qizish xissi bo’lishi mumkin. ( Tezda o’tib ketadi).


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

—Organizmda kalsiy ko’p bo’lganda

— Yaqqol namoyon bo’lgan aterosklerozda

— Qon ivishining kuchayishida qo’llash mumkin emas.

— 3 yoshdan kichik bolalarga tavsiya qilish mumkin emas.

— Og’ir buyrak yetishmovchiligida

— Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas

— Tromboz holatlarida

— Tana harorati ( isitma) baland bo’lganda qabul qilish mumkinmas.


? Preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin. Shunday bo’lsa ham shifokor maslahati bilan qabul qiling. ( xavfsizlik uchun).


Xalq orasida kalsiy glyukonati ni ,, issiq ukol » ham deydi.