Geparin ampula — Ineksiya uchun eritma

?Geparin ampula — Ineksiya uchun eritma. Antikoagulyant vosita. Tromb hosil bolishiga qarshi , qon suyultiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

?Chiqarilish dozasi — 1 ml va 5 ml ampulada

#Гепарин ампула

#Geparin ampula

?Dori shakli : ineksiya uchun eritma.

?Tarkibi :

⭐️Faol modda: Geparin natriy — 5000 XB

⭐️Yordamchi modda : Benzil spirti, natriy xlorid, ineksiya uchun suv.

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Antikoagulyant

?Qo’llanilishi

— Chuqur venalar trombozi

— O’pka arteriyasining tromboemboliyasi

— Koronar arteriyalarning trombozida

— Nostabil stenokardiyada

— O’tkir miokard infarktida

— Xilpillovchi aritmiyada

— DVS sindromida

— Mikrotromblar hosil bolganda va mikrosirkulyatsiyani yaxshilash uchun.

— Buyrak venalarining trombozida

— Yurak mitral porokida

— Bakterial endokarditda

— Glomerulonefritda

— Yugurikli nefritda

— Qon quyuqlashib ketganda, suyultirish uchun .

— Qon aylanishini yaxshilash uchun.

?Qabul qilish usuli va dozasi

Vena ichiga yuboriladi. Yoki 0,9 % natriy xlor osmasini ichiga qo’shiladi yoki teri ostiga , ya’ni qorin sohasiga ineksiya qilinadi.Yuborish joyini har doim o’zgartirish lozim, har gal bir joyga ineksiya qilinsa gematoma rivojlanishi mumkin. Har 8 — 12 soat vaqt oraligida bitta ineksiyani ( 1 ta ampula) amalga oshirilishi kerak.

?Nojo’ya ta’siri

— Eshakyemi, rinit, terini qichishishi, oyoq tagidagi qizish xissi.

— Bosh aylanishi, bosh ogrishi, ko’ngil aynish, qusish, ishtaha pasayishi, diareya

— Yuborish joyida og’riq, qon quyilish, yaralanish , qon ketish,

— Meda ichak yollaridan va siydik ayirish sistemasidan qon ketishlar.

— Yuborish joyida qon ketishlar

— Va boshqa azolarda qon quyilishlar kuzatilishi mumkin ( sababi qon suyulib ketadi).

?Qo’llash mumkin bolmagan holatlar :

—Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda

— Qon kop ketadigan kasallillari bor bemorlarda .

— Gemofiliyada ( qon kop ketishi, to’xtamasligi).

— Vaskulitda ( qon kop ketadi).

— Qon bosimi baland bemorlarga

— Anevrizmalarda

— Me’da ichak yolining eroziv yara kasalligida

— Jigar sirrozida

— Xayz ko’rish davrida

— Tug’ruq yaqin qolgan vaqtida

— Orqa miya punksiyasidan keyingi holatda

— Xomiladorlik va emizish davrida qollash mumkin emas.

— Mushak ichiga yuborish mumkin emas. Chunki gematoma hosil bolishi mumkin.

?ESLATMA : Geparinni qon bosimi baland bemorlarda , qandli diabeti va bronxial astma kasalligi bor bemorlarga ehtiyotkorlik bilan shifokor nazorati ostida va shifokor maslahati bilan qollash tavsiya etiladi.

Geparinni shifokor maslahati va nazorati ostida qabul qiling.