Gentamitsin ampula — ineksiya uchun eritma. Antibiotik.

?Gentamitsin ampula — ineksiya uchun eritma. Antibiotik.

?Chiqarilish shakli va dozasi — 40 mg / 2 ml va 80 mg / 2 ml dozalarda chiqadi.


#Гентамицин ампула

#Gentamitsin ampula


?Dori shakli : Ineksiya uchun eritma — 80 mg/2 ml.


?Tarkibi 😕


⭐️Faol modda : Gentamitsin sulfat — 80 mg.

⭐️Yordamchi modda : natriy metabisulfati, ineksiya uchun suv


? Ta’sir qilishiga ko’ra : Antibiotik


?Qo’llanilishi


— Bakterial infeksiyalarda

— Bronxit , pnevmoniya, o’pka yiringlashi holatlarida

— Piyelonefrit, sistit, uretrit da

— Prostata infeksion kasalligida

— gonoreyada ( jinsiy a’zolar infeksiyasida).

— endometrit da ( bachadon infeksion kasalligida).

— Bo’g’imlar va suyaklarning infeksiyalarida ( osteomiyelit).

— Teri va yumshoq to’qima infeksiyalarida

— Qorin infeksiyalarida ( peritonit) da

— Nerv sistemasi infeksiyalarida ( meningitda).

— Sepsisda

— Jarohat va kuyish infeksiyalarida

— Otitda qabul qilinadi.


?Qabul qilish usuli va dozasi


Mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi.Sutkada 2 marta yuborish mumkin.Preparatni 0,9 % 100 ml yoki 200 ml natriy xlor izotonik eritmasida yoki 5% li glukoza eritmasida ( osmasiga) qo’shib yuboriladi.( Osmaga qo’shiladi).


?Nojo’ya ta’siri


— Bilirubin miqdori oshadi

— Anemiya, leykopeniya ( leykotsitlar soni kamayishi qonda) , trombotsitopeniya ( qonda trombotsitlar soni kamayishi).

— Mushaklarning tortishishi, tutqanoq xurujlari, bosh og’rigi, uyquchanlik,.

— Buyrak faoliyatining buzilishi

— Teri toshmasi , qichishish, isitma

— Bolalarda : kalsiy , kaliy, magniy miqdorini kamayishiga olib keladi.

— Preparat yuborilgan joyda og’riq


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda

— Buyrak faoliyati og’ir buzilishida

— Xomiladorlik va emizish davrida

— Uremiyada

— Epilepsiya ( tutqanoq , sudorgi kasalligi bor bemorlarda ).

— Anemiya holatlarida

— Bronxial astma si bor bemorlarga mumkinmas

— Tana harorati baland bolgan vaqtda ( Isitma bor vaqtida ) qollab bolmaydi.

— Bolalarda : agar organizmida kalsiy miqdori kam bolsa qollash kerakmas.


?ESLATMA: Gentamitsin ampulasini 0,9 % 100 ml yoki 200 ml natriy xlor eritmasiga ( osmasiga) yoki 5 % glukoza osmasiga qoshib vena orqali qabul qilgan ma’qul.