Nitroglitserin tabletkasi — toj tomirlar yetishmovchiligida

?Nitroglitserin tabletkasi — toj tomirlar yetishmovchiligida qabul qilinadigan samarali vosita.


#Нитроглицерин

#Nitroglitserin


?Dori shakli: Tabletka


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Antianginal va toj tomirlar yetishmovchiligida qo’llaniladigan vosita.


Toj tomirlarni kengaytiradi.


?Qo’llanilishi


— Stenokardiya xurujlarini oldini olishda va bartaraf etishda


?Qo’llash usuli va dozalari


Kattalarda qo’llaniladi.Stenokardiya xurujlarida darhol qabul qilish kerak.Yurakda og’riq paydo bolishi bilanoq darrov 1 ta tabletkani til ostiga qo’yish kerak.Yutib yubormaslik kerak. To’liq eriguncha til ostida ushlab turiladi. Tabletkani chaynamaslik kerak.


?Nojo’ya ta’siri


— Bosh ogrigi, bosh aylanishi, xolsizlik, xavotirlik, tormozlanish.

— Qizish xissi, qon bosimi tushishi, terini oqarishi,

— Ko’ngil aynish, qusish, qorinda og’riq, og’iz qurishi, diareya

— Terida toshmalar , qichishish

— Ko’rishni buzilishi

— Glaukoma zo’rayishi


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda

— Shok da

— Qon bosimi past yuradiganlarda ( 100 / 60 dan past bolsa mumkinmas)

— Bosh miya ichki bosimi oshishida

— Gemorragik insultda

— Yaqinda o’tkazilgan bosh jarohatidan so’ng

— Glaukomada

— Bosh miya qon bilan yaxshi taminlanmaslik jarayonida

— Yurak tamponadasida

— Bradikardiyada

— Bosh miyada qon aylanishi buzilganda

— Og’ir anemiyada

— Homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

— Bolalarga mumkinmas


?ESLATMA: Preparat bilan davolanish vaqtida hammomga, saunaga , issiq dush qabul qilish mumkinmas. ( Issiqlik bolmaydi).


✖️Doza oshirilib yuborilganda quyidagilar kuzatiladi: qon bosimi tushib ketishi, xushini yoqotish, yurakni tez urib ketishi, ko»ngil aynish, qusish, xansirash, xolsizlik, tana harorati oshishi, qizish ,kop terlash, et uvishish, ko»karish kuzatiladi.