?Diakarb tabletkasi — glaukoma , epilepsiya kasalliklarida qabul qilinadi.
#Diakarb tabletka
#Диакарб таблетка
?Dori shakli : tabletka
?TARKIBI : ?
Atsetazolamid
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA : ?
Glaukoma va miotikani davollash uchun vosita. Karboangidraza ingibitori.
?QO’LLANILISHI ?
— Yurak yetishmovchiligidagi yoki dori vositalarini qabul qilish bilan boğliq bólgan shishlarda.
— Surunkali ochiq burchakli glaukoma, yopiq burchakli glaukoma kasalligida.
— Tutqanoq , ya’ni epilepsiya kasalligida.
— Balandlikka kótarilish bilan boğliq kasallik
— Bosh miya ichki bosimini oshishi va ko’z ichki bosimini oshishi kabi xolatlarda qabul qilinadi.
?QABUL QILISH USULI VA DOZASI ?
Diakarbni kuniga 1 tabletkadan 2 mahal qabul qilinadi.
Epilepsiya kasalligida esa shifokor belgilagan dozada qabul qiling ( esda saqlang ).
Aslida bu tabletkani shifokor belgilagan dozada qabul qilinadi. Shu sabab kasallik xolatiga qarab shifokor retsepti bilan qo’llaniladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Ishtahaning buzilishi va diareya kuzatilishi mumkin.
— Poliuriya ( ko’p siydik ajralishi).
— Ko»ngil aynish ,qusish
— Metabolik atsidozni kuchaytiradi.
❌QABUL QILISH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Qon zardobida natriy va kaliy darajasini kamayishi
— Jigar va buyrak faoliyati buzilishida.
— Buyrak usti bezi etishmovchiligida.
— Giperxloremik atsidoz
— Surunkali dekompensatsiyalangan yopiq burchakli glaukoma ( uzoq muddatli davolashda) mumkin emas.
— Preparatning komponentlariga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Addison kasalligida
— Homiladorlik va laktasiya davrida mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Diakarbni bolalarga epilepsiyada ham buyuriladi. Bilamiz epilepsiyaga qarshi vositalar albatta, boshni MRT qildirgandan keyin , epileptik o’choqni katta kichikligini bilib keyingini dori dozasi belgilanadi. Shu sabab shifokor bilan maslahat qilib qo’llash buyuriladi.
?Qandli diabet kasalligi bor bemorlar ham shifokor bilan maslahatlashib qabul qilisinlar.
?Qo’llash tartibi — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Polsha