Aminalon foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Aminalon foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Aminalon tabletkasi — psixostimulyator dori vositasi.


?Dori shakli :Tabletka 250 mg.


?Tarkibi:


Gamma amino moy kislota — 250 mg .


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Psixostimulyator va nootrop vosita.


?Qo’llanilishi:


— Bosh miyada qon aylanishi buzilganda va bosh miya jarohatlarida

— Aterosklerotik,alkogolli, gipertonik ensefalopatiyada.

— Bolalar bosh miya falaji va tug’ruq oqibatidagi jarohatlarni davolashda

— Bolalarni aqliy rivojlanishida orqada qolishida

— Dengiz va havo kasalligida qo’llanadi.


?Qo’llash usuli va dozalari.


Ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi ( tabletka). Kattalarga va 7 yoshdan katta bolalarga sutkasiga 2 — 3 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi.


?Nojo’ya ta’siri


— Ko’ngil aynish, qusish

— Tana harorati oshishi, qizib ketish.

— Uyqusizlik

— Bosh og’rigi

— Bradikardiya ( yurakning sekin urishi).


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar.


— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda

— 6 yoshdan kichik bolalarda qo’llash mumkinmas.

— Qon bosimi past yuradigan kishilarda

— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida va emizish davrida mumkinmas.