Lyugs sprey foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Lyugs sprey
?Tarkibi:
* Faol modda :1 gr preparat o’zida 10 mg yod saqlaydi.
* Yordamchi modda : kaliy yodid, evkalipt nastoykasi, glitserin, suv.
? Tasir qilishiga ko’ra
— antibakterial vosita. Gramm musbat va manfiy bakteriyalarga qarshi vosita. Stafilokokk, streptokokk va ichak tayoqchasiga qarshi samarali vosita.
?Qo’llanilishi
— Tomoqning yallig’lanish kasalliklarida
— Faringit
— Tonzillit
— Angina
— Stomatitda
?Qo’llash usuli va dozasi
Preparat kuniga 1 — 2 marta qo’llaniladi. Preparatni og’iz bo’shligiga 2 — 3 sm yaqin masofaga olib kelib tomoq yo’liga sepiladi.
?Nojo»ya tasiri
— Tumov
— Kvinke shishi
— Mushaklar tonusi pasayishi
?Qo’llashga qarshi ko’rsatma
— Preparatga va tarkibidagi yod moddasiga sezuvchalik yuqori bolganda
— Gerpetik dermatitda
— Buyrak, jigar yetishmovchiligida
— Yod moddasi bilan bogliq bolgan radioaktiv terapiyani qabul qilishdan 2 xafta oldin va keyin qabul qilish.
— Qalqonsimon bez giperfunksiyasida
— Xashimoto buqogida
— Endemik buqoqda
?ESLATMA : Homiladorlikda qabul qilib bo’lmaydi.