Prosulpin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Prosulpin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Tarkibi:


1ta tabletka quyidagilarni saqlaydi:?


Sulpirid 50 mg yoki 200 mg


?Ta’sir qilishiga ko’ra:


Psixotrop, neyroleptik (antipsixotik).Antidepressiv (depressiyaga qarshi ) juda yaxshi vosita.


?Qo’llanilishi


?50 mg li doza uchun:


Kattalarga:


— Ovqat hazm qilish buzilishida, diareya, ich qotishi bilan ifodalangan psixosomatik kasalliklarda

— Bezovtalik bilan kechuvchi neyropsixiatik xolatlarda.


Bolalarga:


— Psixozlar, xulq reaksiyalari, ortiqcha qo’rquv , enurez (tunda beixtiyor siyib qo’yish).


? 200 mg li doza uchun:


— O’tkir va surunkali shizofreniyada

— Galyutinatsiya,sarosimalik bilan kechuvchi og’ir psixotik kasalliklarda, alaxsirash xolatlarida,

— Surunkali alkogolizm, keksalarda depressiyada

— Xaddan tashqari harakatchanlik, atrofdagilarga nisbatan tajovuzkorlik bilan namoyon bo’ladigan ruhiy kasalliklarda.

— Nevrozlarda

—Tushkunlikda

— Har xil hayolga keluvchi bo’lmag’ur fikr va hayollarda


?Qo’llash usuli va dozasi


➖50 mg li tabletka miqdorida:


Kattalar uchun 50 mg lik dozadan 1 — 2 tabletkadan sutkada 3 mahal (ya’ni sutkasiga 150 — 300 mg sulpirid)


➖ 200 mg li tabletka miqdorida:


Kattalar uchun o’tkir va surunkali buzilishlarda sutkasiga 200 — 400 mg ( 1- 2 tabletka) gacah qabul qilinadi.


? Nojo’ya ta’siri


— Qon bosim pasayishi ( qon bosimi past yuradiganlar ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati ostida qabul qilish kerak)

— Uyqusizlik

— Tana vazni oshishi

— Qorincha taxikardiyasi

— Ko’krak kattalashishi


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:


— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda

— Alkogol, uyqu dori vositalari, analgetiklar bilan zaharlanganda

— Epilepsiya (tutqanoq) da

— Feoxromotsitomada

— Giperprolaktinemiya

— Levodopa bilan bir paytda qabul qilish mumkinmas.

— Tarkibi kabergolin bo’lgan dori vositalari bilan birgalikda qabul qilish mumkinmas .

— Parkinson kasalligida

— Homiladorlik va emizish davrida qo’llash mumkin emas.


?ESLATMA: Preparatni kunning ikkinchi yarmida soat 16 00 dan keyin qo’llash mumkin emas.