Abineks foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Abineks — Laktatsiyani susaytiruvchi vosita hisoblanadi.
? Tasir etuvchi modda — Kabergolin 0.5 mg
?Abineks — 0.5 — 1 mg li dozada chiqadi.
?Dori shakli — tabletka
?Abineks preparati haqida
?Ta’sir etuvchi modda:
—Kabergolin
?Tarkibi: ?
Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
*Faol modda: Kabergolin 0,5 mg, 1 mg
*Yordamchi modda: L- leysin, laktoza monogidrati
?Ta’rifi: 0,5 mg li tabletkalar: oq , kapsulasimon, bir tomoni riskali, riskaning har ikki tomonidan ,,C» va ,,5″ yozuvi bo’lgan tabletkalar.
1 mg li tabletkalar : oq , ellipsimon, bir tomoni ,,C» yozuvi bo’lgan riskali tabletkalar.
?Ta’sir qilish bo»yicha:
— Laktatsiyani susaytiruvchi vosita bo»lib, prolaktin gormonining sekretsiyasini pasaytiradi.Xayz siklining buzilishida, bepushtlikda, galaktoreyada, impotensiya, libidoni pasayishi kabi ko’rinishlarini yaqqol namoyon bo»lishini kamaytirib terapevtik ta’sir korsatadi.
?Qo’llanilishi
— Tugruqdan keyingi fiziologik laktatsiyani bartaraf qilish maqsadida.
— Giperprolaktinemiyada
— Amenoreyada ( 6 oy va undan ko’p hayz kelmasligi)
— Oligomenoreyada (hayz muddati 2 kundan kam bo»lishi).
— Anovulyatsiyada (ovulyatsiyaning bo»lmasligi).
— Galaktoreyada( emizishga bog’liq bo’lmagan xolda sut ajralishi).
— Turk egarining ,,bo’sh» sindromida
?Qo’llash usuli va dozalari
—Ovqat vaqtida ichga qabul qilgan maqsadga muvofiq.
— Tug’ruqdan keyin laktatsiyani bartaraf qilish uchun birinchi kuni 1 mg ( 2 tab) dozada bir marta buyuriladi.
— Aniqlangan laktatsiyani susaytirish uchun 2 kun davomida 0,25 mg ( 1/2 tab) dan sutkada 2 marta buyuriladi ( umumiy doza 1 mg ga teng).
?Nojo’ya ta’siri
— Arterial bosimning pasayishi
— Bosh aylanishi , ko’ngil aynishi, qusish , bosh o»g’riq,
— Taxikardiya
— Qorinning yuqori qismida og’riq
— Qabziyat
— Gastrit
— yuzni qizish xissi
— Sut bezlarida og’riq
— Barmoq tomirlarining spazmi
— Xushdan ketish
?Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar:
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Tugruqdan keyingi qon bosimining oshishida
— Xomiladorlikda