Spazmeks foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Spazmeks — Siydik ayiruv sistemasida va orqa miya travmalarida qabul qilinadi.
5 mg dozadagi dori shakli☝️
?Tarkibi
⭐️Faol modda: Trospiya xlorid ( spazmeks 3 xil dozada chiqadi 5 mg, 15 mg va 30mg dozalarda).
⭐️Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, stearin kislota.
?Qo’llanilishi
— Siydik qopi faoliyatining kuchayishida
— Siydik kelishini ushlab qolaolmaganda.
— Orqa miya travmalarida
— Tugma va orttirilgan orqa miya kasalliklarida
—Insultda
— Parkinson kasalligida
— Kunduzgi va tungi beixtiyor siyib qo’yish.
— Sistitda
— Tungi peshob ajralishining kuchayishida.
?Qabul qilish usuli va dozasi
Preparat ichga qabul qilinadi. Kattalar va 14 yoshdan katta bo’lgan bolalarga tavsiya qilinadi.
⭐️5 mg dozadagi preparatni — 2 — 3 tabletkadan sutkasiga 3 marta qabul qilinadi.
⭐️15 mg dozadagi preparatni 1 ta tabletkadan sutkasiga 3 marta
⭐️30 mg dozadagi preparatni 1/2 ta tabletkadan sutkasiga 3 marta
?Nojo’ya ta’siri
— Taxikardiya
— Ko’krakda og’riq
— Taxiaritmiya ( yurakning notekis tez urishi).
— Qon bosimi ko’tarilishi
— Og’iz qurishi,ko’ngil aynish, qayd qilish
— Qorinda og’riq
— Diareya
— Biroz karaxtlik
?Qo’llashga qarshi ko’rsatma
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Taxiaritmiyada
— Qon bosimi baland bo’lganda
— Glaukomada
— Miasteniya ( mushaklar bo’shashib, surunkali xolsizlik va charchoqda).
— Buyrak yetishmovchiligida, dializ holatlarda
— 14 yoshdan kichik bolalarga qo’llash tavsiya qilinmaydi.