Korvalol tomchi foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Korvalol tomchi foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Korvalol tomchi — tinchlantiruvchi va spazmolitik( tomirlarni kengaytiruvchi) vosita hisoblanadi.


#Корвалол томчиси

#Korvalol tomchisi


?Tasir etuvchi modda:


✅Faol moddalar :


* Qalampir yalpiz barglari moyi :— 0,142 g

*fenobarbital —1,826 g

*etilbromizovalerianat — 2,0 g


✅Yordamchi moddalar:


*Etil spirti (95 %) — 58 ml

*Natriy gidroksid — 0,315 g

*Tozalangan suv — 100 ml gacha


?Ta’rifi:


Tiniq, rangsiz, xushbo»y xidli suyuqlik



?Dori shakli:


— Ichga qabul qilish uchun tomchi.


?Ta’siri bo’yicha :


Sedativ (tinchlantiruvchi) va spazmolitik ta’sir ko’rsatuvchi vosita hisoblanadi.


?Qo’llanilishi:


— Yurak qon tomir funksiyalarining buzilishida tinchlantiruvchi va qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida

— Nevrozsimon holatlarda

— Uyquga ketishni buzilishida

— Taxikardiyada

— Ichak spazmlarida


?Qo’llash usuli va dozasi


— Ichga qabul qilinadi. 30 -50 ml suvda oldindan eritilib ovqat iste’mol qilishdan oldin qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza 30 tomchi. Taxikardiya kuchli bo’lsa 40 -50 tomchi ga oshirish mumkin.Kattalar uchun qabullar soni sutkada 2-3 marta.


—Yosh bolalar uchun:

3 yoshdan boshlab bolalarga 1 tomchidan sutkada bir marta.


ESLATMA: Yosh bolalarga dozani oshirish uchun shifokor bilan maslahatlashing.


?Nojo’ya ta’siri


— Uyquchanlik, bosh aylanishi, bradikardiya

— Diqqat pasayishi, allergik reaksiyalar

—Uzoq qo’llanganda: bromizm, o’rganib qolish, doriga qaramlik ( bekor qilish sindromi)


?Qo’llashga qarshi ko’rsatma:


—Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda

— Jigar va buyrak funksiyasi buzilganda

—Emizish davrida

— Homiladorlikda

— 3 yoshgacha bolgan bolalarda

—Bosh miya jarohati

— Bosh miya kasalliklarida mumkin emas.


?ESLATMA: Korvalol tabletka va tomchi ko’rinishida chiqadi.