Vobilon foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Vobilon — qon aylanishini yaxshilovchi samarali vosita.
?Quyidagi dozalarda chiqadi — 80 mg va 80/25 mg dozalarda
?Tarkibi ?
1 ta kapsula saqlaydi: ?
➖Faol modda : quruq standart gingo biloba ekstrakti bargi — 80 mg.
➖Yordamchi moddalar: Suvsiz kalsiy gidrofosfat, magniy stearat.
?Qo’llanilishi
— Ishemik insultda , bosh miya travmalarida
— Diqqat buzilishida, xotira pastligida, uyqu buzilishida
— Demensiya ( xotira pasayishida).
— Altsgeymer kasalligida
— Sindrom Reynoda
— Periferik qon aylanishi buzilganda
— Bosh aylanishida
— Quloq shang’illashida
?Qo’llash usuli va dozasi
Vobilon kapsulasini ovqatlanish vaqti yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi.
1 ta kapsuladan sutkasiga 2 mahal qabul qilinadi.
?Nojo’ya ta’siri
— Ko’ngil aynish
— Bosh aylanishi, bosh og’rig’i
— Toshmalar
?Qo’llashga qarshi ko’rsatma:
— Gastritda
— Me’da ichak va 12 barmoq ichak yaralarida
— Bosh miya o’tkir qon aylanishi buzilishida
— O’tkir miokard infarktida
— Qon bosimi past bo’lganda
— Yosh bolalarga
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
?ESLATMA : Vobilon preparatini atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) bilan va antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilib bo’lmaydi.