Nifedipin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Nifedipin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Tasir etuvchi modda — nifedipin 10 mg .

?Gipertoniyada qabul qilinadi.

Yurak qon tomir tizimiga tasir qiluvchi vosita.


?Nifedipin


?Ta’sir etuvchi modda:


— Nifedipin


?Tarkibi:


—Faol modda: 10 mg nifedipin

—Yordamchi moddalar: magniy stearat, laktoza monogidrati,


?Ta’siriga ko’ra:


— Yurak qon tomir tizimiga ta’sir qiluvchi vosita. Asosan qon tomirlarga tasir qiluvchi kalsiy antogonisti.


?Qo’llanilishi


— Gipertoniyada

— Yurak ishemik kasalliklarda

— surunkali stabil stenokardiyada


?Qo’llash usuli va dozasi


Davolash shifokor tavsiyasiga kora bosqichma — bosqich davolanadi.Jigar kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda dozani kamaytirish zarurati kuzatilishi mumkin.


— Gipertoniyani davolash uchun nifedipinni sutkada 2 tabletkadan 2 marta qabul qilinadi.( sutkada 40 mg dan).


— Preparatni qabul qilish paytida greypfrut sharbatini qabul qilishdan saqlanish kerak.


— Preparatni qabul qilish orasidagi interval 12 soat (kamida 6 soat).


?Nojo’ya ta’siri


— Taxikardiya

— stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda xurujlarning tez — tezligi,

— miokardning zo’rayishi

— Ko’krakda og’riq (stenokardiya).

— Anemiya, leykopeniya, agranulotsitoz,

— Bosh og’rigi, xolsizlik, bosh aylanishi, uyquni buzilishi,

— Burundan qon ketishi,

— kongil aynishi, qorinda og’riq, meteorizm, og’iz qurishi


?Qo’llashga qarshi ko’rsatma


— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda

— Kardiogen shokda

— Ogir darajadagi aortal stenozda,

— Porfiriyada

— Miokard infarkt vaqtida va undan bir oy keyingi vaqtda

— Miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasida

— Nostabil stenokardiyada

— Ichakning yalliglanish kasalligida yoki kron kasalligida qollash mumkin emas


?Eslatma :


— Xomiladorlarga 20 xaftagacha preparatni qabul qilish mumkin emas.

— Chaqaloqni emizish paytida preparatni qabul qilish to’xtatilishi kerak. Chunki nifedipin ona suti bilan ajraladi.

— Preparatni 18 yoshgacha qabul qilib bo’lmaydi.