Tanakan siropi

💧 Tanakan siropi


📜 Preparat haqida asosiy maʼlumotlar.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 40 mg 24% ginkgo glikozidlari va 6% ginkgolidlar-bilobalidlar saqlovchi standartlangan ginkgo biloba ekstrakti (Egb 761).


yordamchi moddalar: natriy saxarini, eruvchi apelsinli essentsiya, eruvchi limonli essentsiya, 95% li etil spirti, tozalangan suv.


📝 Preparatning savdo nomi:

Tanakan EGb761


🧬 Farmakalogik guruhi:

dementsiyalarni davolash uchun boshqa preparatlar.


💧 Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma.


⁉️ Ta’rifi:

suvda eritilganida deyarli tiniq, xushbo‘ylashtirilgan eritma beruvchi, jigarrangroq-zarg‘aldoq rangli o‘ziga xos hidli eritma.


👉 Qoʻllanilishi:

turli genezli kognitiv va neyrosensor tanqislik (Altsgeymer kasalligi va turli etiologiyali dementsiyalardan tashqari);oyoqlarning surunkali obliterirlovchi arteriopatiyalaridagi o‘zgarib turuvchi cho‘loqlik (Fonteyn bo‘yicha 2 daraja);tomir genezli ko‘rishni buzilishlari, uning o‘tkirligini pasayishi;eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash, asosan tomir genezli bosh aylanishi va koordinatsiyaning buzilishi;Reyno kasalligi va sindromida qo‘llanadi.