#Секразол сиропи
💊DORI SHAKLI 👇
Bolalar uchun sirop.
💊TARKIBI 👇
Ambroksol gidroxlorid moddasi.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Yo’talga qarshi vosita. Mukolitik vosita.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Oʻtkir va surunkali bronx — oʻpka kasalliklarida qabul qilinadi.
— Buzilgan sekretsiya va balgʻam ajralishini yaxshilash uchun qabul qilinadi.
— Pnevmoniyada , surunkali bronxitda qabul qilish mumkin.
— Bronxial astmada va bronxoektatik kasalliklarda qo’llaniladi.
— Yo’talda va balg’am ajratishda juda samarali vosita.
💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇
12 yoshdan katta va kattalarga 10 ml dan kuniga 3 mahal buyuriladi.
6 — 12 yoshga 5 ml dan kuniga 3 mahal buyuriladi.
2 — 5 yoshga 2.5 ml dan kuniga 3 mahal
2 yoshgacha 2.5 ml dan kuniga 2 mahal buyuriladi.
Sirop ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi.
Davolash davomiyligi — 14kun
1 choy qoshiq 5 ml miqdorda hisoblanadi.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Teri qichishishi va toshmasi
— Holsizlik va bosh og’rig’i kuzatilishi mumkin.
— Me’da ichak shilliq qavatini ta’sirlashi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKIN EMAS 👇
— Preparatga nisbatan allergik reaksiya bo’lganda.
— Me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligida mumkin emas.
— Sudorgi ( tutqanoq , epilepsiya ) kasalligida va endi rivojlangan vaqtlarida mumkin emas.
💉Qo’llash — retseptsiz
💉Ishlab chiqaruvchi — Qozog’iston , Turkiya
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,, ТАБЛЕТКА » kanali