KETOTIFEN tabletka

Ketotifen tabletkasi
#Кетотифен таблеткаси
?DORI SHAKLI : ?

tabletka


?TARKIBI ?

Ketotifen fumarati moddasi — 1 mg dozada.


?TA’SIRIGA KO’RA ?

Tizimli qo’llash uchun antigistamin dori vositasi. Allegiyaga qarshi vosita.


?QO’LLANILISHI ?

— Ko’p tizimli allergik kasalliklarni oldini olish va davolash uchun qo’llaniladi.


— Surunkali idiopatik eshakyemida


(masalan sovuq ta’siridagi eshakyemida).


— Yondosh bronxial astma kasalligida yoki allergik rinitda qabul qilish mumkin.


— Allergik konyuktivitda qabul qilinadi.


— Atopik dermatitda qabul qilinadi.


— Boshqa allergik holatlarda qabul qilish mumkin.


?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?

Kattalarga kuniga 2 tabletkagacha qabul qilish buyuriladi. Ertalab 1 tabketka , kechqurun 1 tabletka qabul qilish mumkin. Ovqat vaqtida qabul qilinadi.


3 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletka buyurishimiz mumkin. Ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.


?Preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing. Sababi allergik kasallik holatiga qarab qabul qilish dozasiga o’zgartirish kiritishi mumkin.


?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Uyquchanlik chaqiradi va bosh og’rig’i kuzatilishi mumkin.


— Og’iz qurishi va ishtahani pasayishi kuzatilishi mumkin.


— Teri toshmalari kuzatilishi mumkin.


— Epilepsiya kasalligini zo’rayishiga olib keladi.


❌QO’LLASH MUMKINMAS XOLATLAR ?

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.


— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.


— 3 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.


— Epilepsiya kasalligi , ya’ni tutqanoq kasalligi bor bemorlarga buyurish mumkin emas ( esda saqlang ).


?ADMIN MASLAHATI ?

?Preparatni qabul qilib yurganda tirishishlar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab epilepsiya kasalligida berilmaydi.


?Og’ir jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan , shifokordan maslahat so’rab qabul qiling.


?NARXI ?

10 donasi — atigi 1000 so’m.


?Qo’llash — retsept bilan.


?Ishlab chiqaruvchi — Belarussiya.


@FARMAKOLOGIYA_TTA


@KANAL_MUNDARIJASI


,,ТАБЛЕТКА » kanali