Dyuspatalin kapsulasi
#Дюспаталин капсуласи
?DORI SHAKLI ?
Kapsula
?TARKIBI ?
Har bir kapsula 200 mg mebeverin gidroxlorid saqlaydi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Spazmolitik vosita .
?QO’LLANILISHI ?
— Ichakdagi spazmlarni yo’qotib qorin og’rig’ini bartaraf qiladi.
— Ichaklar faoliyati buzilganda qabul qilish mumkin.
— Ichak soxasidagi noqulaylik kabi holatlarda qabul qilinadi.
— Qabziyat kabi holatlarda va oziq massaning ichaklardagi harakati susayganda qabul qilish mumkin.
— Qorinda dam ( meteorizm ) hosil bo’lganda qabul qilish mumkin.
— Hazm a’zolari faoliyatini yaxshilaydi.
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
Kapsulalarni chaynash mumkin emas. Butunligicha suv bilan qabul qilinadi. Kattalarga va 10 yoshdan katta bolalarga kuniga 2 kapsula , ya’ni ertalab 1 kapsula , kechga 1 kapsula ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Teri allergik reaksiyalari , ya’ni teri toshmalari va teri qichishishi kuzatilishi mumkin.
— Eshakyemi , angionevrotik shish va yuzning shishi kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya paydo bolganda.
— Xomiladorlik va emizish davrida dyuspatalin preparatini qo’llash mumkin emas.
— 10 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas.
—————————————————
?DYUSPATALIN KAPSULA ANALOGLARI QAYSILAR ? ?
?NARXI ?
Dyuspatalin kasulasi 30 donasi — 90 ming so’m.
?Qo’llash — retsept bilan.
?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali