Lidaza
#Лидаза
?DORI SHAKLI : ?
Ineksiya uchun va mahalliy qo’llash uchun eritma tayyorlash uchun liofizilat.
?TARKIBI : ?
1 ampula gialuronidaza saqlaydi — 1280 XB .
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Ferment preparat
?QO’LLANILISHI ?
— To’qimalar shishini kamaytiradi va chandiqlarni yumshatadi va kamaytiradi.
— To’qimalar faoliyatini yaxshilaydi.
— Bo’g’imlarda xarakatlar xajmini oshiradi.
— Kuyish , travmatik va opertsiyadan keyingi chandiqlarda .
— Uzoq vaqt bitmaydigan yaralarda.
— Nurlanish xolatlarida .
— Dyupyuitren kontrakturasida .
— Bo’g’imlarning kam xarakatliligida .
— Bo’g’imlarning jarohatlar va yallig’lanish jarayonlaridan keyingi holatlarida qo’llaniladi.
— Osteoartroz va ankilozlovchi spondiloartritda qo’llaniladi.
— Bel disklarining og’ir kasalliklarida.
— Surunkali tendovaginitda va sklerodermiyada (teri kuyishida).
— Yumshoq to’qimalarning yuza joylashgan gematmasida ,ya’ni qon quyilishida.
— Chandiqli tortishishlar yuzasidan teri plastik operatsiyasiga tayyorlash uchun.
— O’pka tuberkulyozida ( silida ) qo’llash mumkin.
— Yuqori nafas yo’llarida va bronxlarda obstruksiya ko’rinishlari bilan kechuvchi yallig’lanish holatlarida.
— Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishida ( pleksit va nevrit kabi kasalliklarda ).
— Gifema , gemoftalmda va turli retinopatiyalarda qo’llash mumkin.
?QO’LLASH USULI ?
Qo’llanilishiga kelsak teri ostiga va mushak orasiga yuborish mumkin.
Mushak orasiga 2 ml novokainga eritib yuborish mumkin. Teri ostiga esa 0,9 % 1 ml natriy xlor eritmasida eritib yuborish mumkin.
Vena ichiga yuborib bo’lmaydi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
— Uzoq qo’llanganda mahalliy teri reaksiyasi dermatit kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— O’tkir infeksion yallig’lanish kasalliklarida mumkin emas.
— Yaqinda yuz bergan qon quyilishlarda mumkin emas.
— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— 18 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
▶Infeksion yallig’lanish soxasiga va o’smalarga yuborish mumkin emas.
▶O’tkir qon ketishlarda lidazani qo’llash mumkin emas.
Lidaza juda yaxshi preparat hisoblanadi. Shaxsan o’zim bu preparatni juda yaxshiligini tan olaman.
?Qo’llash — Retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi— Rossiya
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali