TRIMETABOL sirop

Trimetabol


#Триметабол


?DORI SHAKLI : ?


Ichga qabul qilish uchun  suyuqlik. Kukuni bilan.


?TARKIBI ?


— L-lizina gidroxlorid


— Tiamina gidroxlorid ( vitamin B1),


— Siprogeptadina atsefillinat.


— L-karnitina gidroxlorid.


—Piridoksina gidroxlorid ( vitamin B6).


—Sianokobalamin ( vitamin B12)


?TA’SIRIGA KO’RA ?


Ishtahani oshiruvchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.


?QO’LLANILISHI ?


— Gormonal bo’lmagan anabolik vosita sifatida qabul qilinsa bo’ladi. Preparat gormon tarkibga ega emas ( gormon emas ).


— Ishtahani oshiruvchi samarali ta’sirga ega .


— Tinchlantiruvchi sedativ ta’sirga ega bo’lib , nerv hujayralarini faoliyatini yaxshilaydi.


— Ko’pincha bolalarda ishtaha pasayib ketganda va ovqatlanish jarayoni buzilganda buyuriladi.


— Organizmda oqsil , yog’ va uglevod almashinuvini yaxshilaydi.


?QO’LLASH USULI ?


2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga 2,5 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi.


3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga 5 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi.


6 yoshdan va kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi.


Ovqatlanishdan 30 daqiqa yoki 1 soat oldin ichish kerak.


Trimetabol suyuqligini oldida


3 gr massaga ega bo’lgan ichida kukun ko’rinishidagi paketcha bor. Shu paketchani trimetabol suyuqligi saqlangan shishaga solib chayqatib aralashtirasiz va qabul qilasiz.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Uyquchanlik, xolsizlik


— Og’iz qurishi


— Allergik reaksiya


— Xira ko’rish kabi holatlar.


— Tinchlantiruvchi ta’sir namoyon qilishi.


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


— O’tkir buyrak va jigar yetishmovchiligida .


— Glaukomada


— 2 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga buyurilmaydi.


— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.


— Prostata bezi gipertrofiyasida mumkin emas


— Astma xurujlari


— Piloroduodenal stenozda mumkin emas .


?ADMIN MASLAHATI ?

Kichik yoshli bolalarda epilepsiya (sudorgi , tutqanoq ) kabi kasalliklar bo’lsa trimetabolni bermagan ma’qul . Boshqa xollarda berish mumkin. Chunki preparat yosh bolalarda markaziy nerv sistemasini faoliyatini stimullash ta’siriga ega.


?Qo’llash — retsepsiz


?Ishlab chiqaruvchi — Ispaniya


@Farmakologiya_TTA


@Kanal_mundarijasi


,,ТАБЛЕТКА » kanali