LIV. 52 tabletkasi

Liv. 52 tabletka


#Лив. 52 таблетка


?DORI SHAKLI : tabletka


?TARKIBI : ?


Tabiiy mahsulotlar hisoblanadi.


?TA’SIRIGA KO’RA ?


Jigar faoliyatini normallashtiruvchi , o’t safro haydovchi ta’sirga ega. Gepatoprotektiv ta’sirga ega.


?QO’LLANILISHI ?


— O’tkir va surunkali gepatitda qabul qilish mumkin.


— Gepatitning infeksion va toksik shakllarida qo’llaniladi.


— Kattalarda jigar sirrozi kasalligida qabul qilinadi.


— Anoreksiyda kasalligida ( anoreksiya bu ishtahaning pasayib ketishi va ozib ketish ).


— Jigarning antibiotiklar , tuberkulyozga qarshi preparatlar va boshqa dori vositalari orqali zaharlanish holatlarida profilaktika sifatida qabul qilish mumkin.


— Jigarda oqsil sintezi faoliyatini normallashtiradi.


— Jigar hujayralarini tiklanishini ta’minlaydi.


— Jigarning alkogol vositalaridan zaharlanish holatlarida qo’llaniladi.


— O’t safro haydovchi ta’sirga ham ega ( желчегонный) .


— Jigarni viruslar va toksinlar natijasida zaharlanish holatlarida va jigar parenximasini yallig’lanishida qo’llaniladi.


?QO’LLASH USULI VA DOZALASH MIQDORI ?


Kattalarga kuniga 2 tabletkadan 2 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.


6 yoshdan katta bolalarga esa kuniga 1 tabletkadan 2 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.


6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas ❌


?NOJO’YA TA’SIRI ?


Terida allergik reaksiyalar berishi mumkin ( teri toshmalari va teri qichishishi kabi ).


❌QO’LLASH MUMKINMAS HOLATLAR ?


— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda .


— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.


— 6 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga mumkin emas.


— Oshqozon ichak og’ir kasalliklarida ham qo’llash mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?

Liv 52 tabletkasini oshqozon ichak tizimida og’ir kasalligi bor bemorlar qo’llashi mumkin emas.Yengil holatlarda esa ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati bilan qabul qilish buyuriladi.


?Qo’llash — retsept bilan


?Ishlab chiqaruvchi — Hindiston.


@FARMAKOLOGIYA_TTA


@KANAL_MUNDARIJASI


,,ТАБЛЕТКА » kanali