Mamoklam tabletka — sut bezi kasalliklarini davolashda

?Mamoklam tabletka — sut bezi kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.


#Mamoklam tabletka

#Мамоклам таблетка


?DORI SHAKLI : tabletka


?TARKIBI ?


Yog’ kislotalari , klam substansiya va yod moddasi.


?TA’SIRIGA KO’RA ?


Ayollarda sut bezi ( ko’krak ) kasalliklarida qo’llaniladi. Mastopatiyani davolovchi vosita.


?QO’LLANILISHI ?


— Sut bezi faoliyati buzilganda , normallashtirish ta’siriga ega.

— Fibroz kistoz mastopatiya kasalliklarida.

— Mastopatiyani davolashda , ya’ni sut bezi kasalliklarini davolashda yakka holatda va kompleks terapiya tarkibida qo’llaniladi.


?QO’LLASH USULI ?


Kuniga 1 — 2 tabletkadan 2 — 3 mahal ovqatlanishdan oldin qabul qilinadi.


Qo’llashdan oldin shifokoringiz bilan albatta maslahatlashing.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Teri qichishishi va teri toshmalari.

— Jig’ildon qaynashi , meteorizm va diareya kuzatilishi mumkin.


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


— Preparatga allergik reaksiya bolganda.

— Og’ir buyrak yetishmovchiligida va kasalliklarida.

— Gipertrioz kasalligida

— Qalqonsimon bezning toksik adenomasida ( o’smasida ).

— Furunkulyoz va surunkali piodermiyada mumkin emas.

— Gemorragik diatezda mumkin emas ( ko’p qon ketish xolatlarida).

— Homiladorlik davrida mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?


Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashing ( esda saqlang ). Chunki bir joyda qabul qilish mumkin , boshqa joyda mumkinmas degan ma’lumotlar bor. Instruksiyalar har xil chiqyapti. Shu sabab shifokor bilan maslahatlashish kerak.


?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya