?Vazopro ampulasi — qon aylanishini va yurak faoliyatini normallashtiruvchi vosita.
?Analogi — meldoniy , ripronat va mildronat ampulalari.
#Vazopro ampula
# Вазопро ампула
?DORI SHAKLI : ?
Ineksiya uchun eritma — 5 ml.
?TARKIBI : ?
— Meldoniy digidrati
— Ineksiya uchun suv
?QO’LLANILISHI ?
— Yurak ishemik kasalliklarida , ya’ni stenokardiya va miokard infarkti kabi holatlarda.
— Surunkali yurak yetishmovchiligida.
— O’tkir va surunkali buzilishlar.
— Bronxial astma va surunkali bronxit.
— Bosh miyada qon aylanishi buzilgan holatlarda.
— Bosh miya insultida va surunkali qon aylanishi yetishmovchiligida.
— Qon tomirlarda tromb bo’lgan holatlarda buyuriladi.
— Jismoniy charchoq holatlarida qo’llaniladi.
— Alkogolga o’rganib qolish holatlarida kompleks davo tarkibida qo’llanadi.
— Ishlash qobiliyati pasayishida
— Jismoniy o’ta zo»riqishda(masalan sportchilarda)
— Yurak faoliyatini va yurak klapanlar funksiyasini yaxshilash maqsadida qo’llanadi.
?QO’LLASH USULI ?
Vena ichiga yuboriladi yoki osma ichiga qo’shib jo’natsa bo’ladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Bosh og’rig’i va bosh aylanishi
— Teri toshmalari
— Yurak ishini tezlashishi
— Qorinda va ko’krakda og’riq
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Cherepnoy davleniyada va bosh ichi o’smalarida mumkin emas.
— Markaziy nerv sistemasining organik zararlanishida.
— Homilador va emizikli ayollarda mumkin emas.
— Yosh bolalarda mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
?18 yoshgacha bolalarda, xomiladorlikda va laktatsiya(bola sut bn oziqlantirilish davri) davrida qo’llanilmaydi
?Og’ir jigar va buyrak kasalliklarida qo’llanilmaydi
?Bosh miya ichki bosimining oshishida va miya hujayralari orasidagi o’sma kasalliklariga chalingan bemorlarda qo’llanilmaydi.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina .