Levetiratsetam tabletka — epilepsiyaga qarshi vosita

?Levetiratsetam tabletka — epilepsiyaga qarshi vosita

?Analogi — keppra va komviron tabletkalari.


#Levetiratsetam tabletka

#Леветирацетам таблетка


?Dori shakli : tabletka


?Tarkibi : ?


Levetiratsetam digidroxlorid moddasi


?Ta’siriga ko’ra ?


Sudorgiga ( xalq orasida sudirgi deydi ) qarshi vosita, ya’ni epilepsiya , tutqanoq kasalligida qabul qilinadi.


?QO’LLANILISHI ?


— Epilepsiya kasalligida qo’llaniladi , 16 yoshdan boshlab epilepsiyani davolash maqsadida

— Sudirgi , ya’ni epilepsiya kasalligida 12 yoshdan boshlab buyuriladi.

— Yuvenil ya’ni yoshlik davridagi epilepsiyada qo’llaniladi.


?QO’LLASH USULI ?


Sutkada yarim ( 0,5 yoki 1 tabletkadan 2 mahal qabul qilish mumkin .


Lekin epilepsiyaga qarshi vositalarni nevropatolog maslahatisiz qabul qilmang. Kasallik holati va epilepsiya xuruji takrorlanish kuni va soniga qarab shifokor o’zi qabul qilish dozasini belgilaydi.



?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Uyquchanlik , bosh og’rig’i va bosh aylanishi kuzatiladi

— Ko’ngil aynish , qusish va diareya kuzatilishi mumkin.

— Teri toshmalari


❌QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMA ?


— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.

— Qariyalarda jigar va buyrak kasalliklarining juda og’ir holatlarida mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?


?Preparatni yosh bolalarda ham qo’llasa bo’ladi. Faqatgina shifokor o’zi dozalab berishi kerak.


?Homiladorlik davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.


?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya , Xindiston