Elevit
#Элевит
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi : ?
Vitamin A , B1, B2, B5, B 6, B 9, B 12 , vitamin H va PP , vitamin E , vitamin D va C kabi vitaminlarni o’zida saqlaydi.
Kalsiy , magniy, sink ( ruh ) , marganets, fosfor , temir va mis kabi elementlarni ham o’z tarkibida saqlaydi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Polivitamin + mineral moddalarga boy ta’sirga ega.
?QO’LLANILISHI ?
— Homiladorlik davrida vitamin yetishmovchiligida va va mineral moddalar yetishmovchiligida qabul qilinadi
— Tinchlantiruvchi ta’sirga ega
— Homiladorlik davrida immunitetni juda yaxshi ko’taruvchi vosita
— Ishtahani oshiradi
— Homiladorlikdan oldin , homiladorlik davri va homiladorlikdan keyingi davrda qabul qilish mumkin.
— Emizish davrida qabul qilish mumkin.
— Suyak sistemasining normal shakllanishi va mustahkamligini ta’minlaydi.
— Homiladorlikda uyquni yaxshilaydi.
?QO’LLASH USULI ?
Homilador bo’lishdan oldin , homiladorlik davrida va homiladorlikdan keyingi davrda kuniga 1 tabletka ovqat vaqti qabul qilinadi.
?NOJO»YA TA’SIRI ?
— Teri toshmalari
— Qorinda og’riq
— Ko’ngil aynish , qusish
?QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
— Organizmda elevit tarkibida bor vitaminlar ortiqcha bo’lganda mumkinmas
— Temir moddasi almashinuvi organizmda buzilganda
— Buyrak va jigar kasalligining og’ir formalarida va og’ir buyrak va jigar kasalliklarida.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Siydik yo’llarida va buyrakda tuz va tosh bor xolatlarda shifokor bilan maslahatlashib qabul qiling ( ehtiyotkorlik talab qilinadi ).
?Elevit tarkibida ko’p moddalar bor va ular hammasi yaxshi ta»sirga ega.
?Elevitni dorixonada homiladorlik davrida , homiladorlikning birinchi 3 oyligi ichida qabul qilinuvchi , homiladorlikning ikkinchi 3 oyligida va homiladorlikning uchinchi 3 oyligida qabul qilinuvchi va homiladorlikdan keyingi , ya’ni emizish davrida qabul qilinadigan ko’rinishlarda sotiladi. Shu sabab elevitni qabul qilishdan oldin farmatsevtdan , ya’ni dorixona sotuvchisidan homiladorlik davrini aytib dorini xarid qilganingiz ma’qul.
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya