Odamlarning aytishicha, bir vaqtlar Fuchjouda bir kambag‘al talaba yigit bo‘lgan ekan. Uni Mi deb atashar ekan. U shunchalik kambag‘al ekanki, hatto bir piyola choy uchun ham to‘laydigan yuli yo‘q ekan.
Bir choyxonachining rahmi kelib, kambag‘al Mini boqmaganda, u ochidan o‘lib ketishi turgan gap ekan.
Biroq kunlardan bir kun Mi choyxonachining oldiga kelib shunday debdi:
— Men ketaman. Lekin pulim yo‘q, boqqaningiz uchun hyech narsa to‘lay olmayman. Ammo men sizning yaxshiliklarin- gizga yaxshilik qaytarmay ketaverishni istamayman. Mana, qarab turing!
U cho‘ntagidan bir bo‘lak sariq bo‘r olib, choyxona devoriga laylakning rasmini chizibdi. Laylak xuddi jonliday chiqibdi, faqatgina u sariq ekan.
— Bu laylak, — debdi Mi, — sizga mening qarzimdan o‘n baravar ko‘proq pul ishlab beradi. Har doim odamlar to‘planishib, uch marta qarsak chalishsa, u devordan tushib o‘ynab beradi. Ammo shu narsa esingizdan chiqmasinki, hyech qachon laylakni bir kishi uchun o‘ynab berishga majbur qilmang. Mabodo shunday baxtsizlik yuz bersa, unutmangki, bu o‘yin laylakning oxirgi o‘yini bo‘ladi. Endi esa, xayr!
Mi shu so‘zlarni aytib, orqasiga o‘girilibdi-da, chiqib ketibdi.
Choyxonachi hayron bo‘libdi, lekin cinab ko‘rishga qaror qilibdi. Ertasiga choyxonaga odamlar to‘planganda ulardan uch marta qarsak chalishlarini iltimos qilibdi. Qarsak chalinishi bilan sariq laylak devordan tushib, raqsga tusha boshlabdi. Shunday nafis, shunday chiroyli o‘ynabdiki… So‘ngra yana joyiga borib turib olibdi. Odamlar taajjubdan hang-mang bo‘lib, og‘izlari ochilib qolibdi, ko‘zlariga ishongilari kelmabdi. Bu hol har kuni choyxonaga odamlar to‘planganda takrorla naveribdi.
Laylakning dovrug‘i hamma joyga tarqalibdi. Xalq choyxonaga yopirilib kela boshlabdi va choyxonachi tezda boyib ketibdi. Talaba Mining aytganlari rost chiqibdi,
Biroq kunlardan bir kun choyxonaga bir boy amaldor kirib kelibdi. Bunday qarasa, atrofda dehqonlar, hunarmandlar o‘tirgan emish. Bu holdan achchig‘i chiqqan boy choyxonadagi oddiy odamlarni haydab chiqarishni buyuribdi.
Xizmatkorlari tayoq olib yugurishibdi — odamlar har tarafga qochib ketishibdi, choyxonada amaldorning yolg‘iz o‘zi qolibdi. U choyxonachining oldiga bir hovuch pul qo‘yib, laylakni ko‘rsatishni talab qilibdi. Pulni ko‘rgan choyxonachi hamma narsani unutib, uch marta qarsak chalibdi. Laylak istar-istamas devordan tushib, bir marta o‘ynab beribdi. Laylakning qovog‘i soliq, kasaldek ko‘rinibdi. So‘ngra u o‘z joyiga borib turibdi-da, keyin sira qimirlamabdi. Amaldor baqiribdi, do‘q qilibdi, lekin qo‘lidan hyech narsa kelmabdi.
Kechasi kimdir choyxonaning eshigini qattiq taqillatibdi. Choyxonachi eshikni ochib qarasa, talaba Mi indamay qarab turganmish. Mi cho‘ntagidan nay olib chalibdi-da, burilib orqasiga qaramay o‘z yo‘liga ketaveribdi. Laylak bo‘lsa bir qanot qoqib, devordan sakrab tushib, uning ketidan ergashibdi. O‘shandan beri talaba Mi bilan uning sehrli sariq laylagini hyech kim ko‘rmabdi.
Keksalar, mabodo biror joyda ana shunday ajoyib qush paydo bo‘lib qolsa, u barchaniki bo‘lishi kerak, uni bir odam o‘ziniki qilib oladigan bo‘lsa, qush odamlar ko‘zidan goyib bo‘ladi, deyishadi.