O‘zini madaniyatli sanaydigan har bir odam ona tilini puxta bilishi kerak. O‘z tilingda aytilgan narsani tushunmay turish bu juda uyatli holat. Xo‘sh, tilni yaxshi bilish uchun nima qilish kerak? Buning uchun birinchi navbatda lug‘at boyligimiz ko‘p bo‘lishi kerak. Lug‘at boyligi biz biladigan so‘zlar jamlanmasidir. Demak, ko‘p so‘z bilishimiz zarur.
Lug‘at boyligi ko‘p bo‘lgan odam til tovlanishlarini, uning o‘ziga xosligini, ohangini, ma’no nozikliklarini ham yaxshi bilsa, yurakdan his qila olsa, chinakam til bilimdoniga aylanadi. Bu yo‘lda birinchi qadamni tashlash – lug‘at boyligini oshirish uchun nimalar qilish kerak? Quyida shu haqda so‘z boradi.

Umuman olganda biz foydalanadigan so’zlar uchga bo’linadi:
Faol – kundalik turmushdagi muloqot. U o‘z ichiga yozma va og‘zaki nutqni oladi.
Passiv – odamga tanish bo‘lgan kundalik dialoglarda qo‘llaniladigan tushunarli atamalar. Zarur bo‘lgandagina inson ulardan foydalanadi. Ayrim hollarda passiv leksikondagi so‘zlarning ma’nosini eslashga harakat qilish kerak bo‘ladi.
Tashqi – ma’nosi tanish bo‘lmagan so‘zlar. Masalan, texnik so‘zlar.
Xo’sh, so‘z boyligini oshirish uchun nimalar qilish kerak?
Kitoblar. Albatta, kitoblar aqlni charxlaydi, tafakkur va so‘z boyligini rivojlantiradi. Xilma-xil kitoblar o‘qib, yangi atama va nutqning o‘ziga xosliklarini eslab qolasiz. Turli adabiyotlarni o‘qish muhim. Ana shunda natija sezilarli bo‘ladi.
Matnda tushunarsiz so‘zga duch kelsangiz, gapning umumiy mazmunidan ma’nosini chaqib olaman demang. Izohli lug‘atni ochib, so‘zning asl ma’nosini o‘rganing. Xayolingizda shu so‘z qatnashgan gaplar tuzing.
