Yaxshi uyqu va to‘laqonli hordiq uchun biz to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishimiz darkor. Uyqu oldidan hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan mahsulotlarni tanovul qilish ovqat hazm qilish organlari tizimiga hamda uyqugacha organizm o‘z kuchini tiklab olishiga to‘sqinlik qiladi. Sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling, to‘g‘ri ovqatlaning va salomat bo‘ling!
Quyida qayd qilayotgan mahsulotlarni uyqu oldidan iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz.
Kofe
Bu tetiklashtiruvchi ichimlik uyquga ketishga halal beradi. Ko‘pchilik kofeinsiz kofe tarkibida mazkur modda umuman yo‘q deb hisoblaydi. Ammo aslida kofe tarkibidagi kofein moddasi odatdagisiga nisbatan biroz kam miqdorda mavjud.
Ta’kidlash kerakka tunda ichilgan moychechakli choy tinchlantirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari uning yoqimli ifori ichimlikka shakar qo‘shishni talab qilmaydi.
Meteorizmni chaqiruvchi mahsulotlar
Ichaklarda gaz to‘planishi, oshqozondagi yoqimsizlik va uyquning buzulishiga dukkakli mahsulotlar sabab bo‘ladi.
Yog‘li pishloq
Mazkur mahsulot o‘rniga yog‘siz tvorog yoki pishloq tanovul qilgan maqul. Uning katta bo‘lmagan bo‘lagi ochlik hissini bartaraf qilib qobiliyatiga ega.
O‘tkir, yog‘li va qovurilgan taomlar
Bu kabi ovqatlar “sog‘lom” mahsulotlar sirasiga kirmaydi, bundan tashqari ularni tungi uyqudan oldin tanovul qilish aslo mumkin emas.
Shirin gazli ichimliklar
Mazkur ichimliklar juda shirin sanaladi. U organizmdagi gazning oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, bu kabi ayrim mahsulotlar tarkibiga kofein moddasi aralashtiriladi.
Shokolod va shokolodli baton, konfetlar
Qora shokolod tarkibida kofein mavjud. Sutli shokolod esa shakar va yog‘ga boy. Buning natijasida esa ovqat hazm qilish tizimiga og‘irlik tushadi hamda tunda iste’mol qilingan mazkur mahsulot tana vazning ortishiga sabab bo‘ladi.
Xurshida HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/tunda-bu-mahsulotlarni-aslo-istemol-qilmang/